Daryo

Huawei nova Y70 Plus: katta ekranga ega yuqori avtonomli “maxluq” taqdim etildi

Ishlab chiqaruvchining ma’lum qilishicha, smartfon bir marta quvvatlanish orqali uch kungacha ishlay oladi

1 daqiqa o‘qish39 152 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: GSMArena

Huawei kompaniyasi ulkan akkumulyator sig‘imiga ega yangi smartfonini taqdim etdi, deb xabar beradi GSMArena.

Foto: GSMArena

Yangi qurilma piksellari nisbati 1600x720 ga teng 6,75 dyuymli LCD-displey bilan jihozlangan bo‘lib, old tarafidagi tomchisimon qirqimga f/2.0 difragmali selfi kamera joylashtirilgan (8 megapiksell).

Gadjetning yana bir o‘ziga xosligi — sig‘imi 6000 mA/soatni tashkil etuvchi keng sig‘imli akkumulyatorga egaligida. Ishlab chiqaruvchining ma’lum qilishicha, smartfon bir marta quvvatlanish orqali uch kungacha ishlay oladi. Shuningdek, qurilma tezkor quvvatlanish funksiyasiga ham ega, biroq u cheklangan — 22,5 vatt.

Smartfonning orqa qismida asosiy datchigi 48 megapikselga teng uchtalik kamera o‘rin olgan. Uning yonida 120 burchak ostida tasvirga olish imkoniyatga ega 5 megapikselli va chuqurlikni o‘lchovchi 2 megapikselli datchik joylashgan.

Huawei’ning yangi smartfoni 1-may sanasidan sotuvga chiqadi. 4/128 gigabaytli versiyasi narxi 365 dollarni tashkil etadi.

Avvalroq Rossiyaning Caviar brendi Huawei P50 Pro smartfonini “Alyonka” shokoladiga aylantirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar