Daryo

Huawei’ning imo-ishoralar orqali boshqariladigan smartfoni taqdim etildi

Tashqi ko‘rinishi bilan qurilma Huawei’ning buklanadigan displeyga ega gadjetlarini yodga soladi

1 daqiqa o‘qish26 798 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Lets Go Digital

Huawei kompaniyasi qo‘l orqali imo-ishoralar yordamida boshqarish nomi ostidagi kontaktsiz boshqaruv imkoniyatiga ega buklanadigan smartfonni yaratdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: Lets Go Digital

Tashqi ko‘rinishi bilan qurilma Huawei’ning buklanadigan displeyga ega gadjetlarini yodga soladi. Ammo uning kontaktsiz boshqarish tizimi yaxshilangan.

Shu orqali foydalanuvchi barmog‘ini displeyda yurgizish orqali ekran diagonalini o‘zgartirishi mumkin. Egiluvchan displeyni barmoq yoki kaft yordamida burash yoki buklash mumkin. Bularning barchasi ekran ichiga o‘rnatilgan datchik yordamida amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, smartfon barmoqlarning harakat tezligini hisobga olib, rulonli matritsaning buralish yoki buklanish tezligini unga moslay oladi.

Ekran diagonali o‘lchami o‘zgarayotgan vaqtda gadjetda maxsus musiqa yangraydi.

Avvalroq internetda buklanuvchi iPhone’ning renderlari paydo bo‘lgani, Samsung Galaxy Z Fold qon bosimi va xolesterin miqdorini o‘lchashni o‘rganib olishi, Huawei buklanuvchi ekranga ega Mate X2 flagmanini taqdim etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: “Garmoshka”-smartfon. Samsung kelajakning yangi gadjetini taqdim etdi (video)

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar