Daryo

“Tor: Sevgi va yashin” filmining birinchi tizeri namoyish etildi

Bu safar qahramonlar birgalikda “Xudolar qotili”ning qasosi sirini aniqlash va uni to‘xtatish uchun qiziqarli kosmik sarguzashtga otlanadi

1 daqiqa o‘qish23 140 ko‘rishlar0 izoh0
Kadr: YouTube

Marvel kinokompaniyasi “Tor” filmining to‘rtinchi qismiga bag‘ishlangan birinchi tizerni taqdim etdi.

Kadr: YouTube

Superqahramonga bag‘ishlangan film sujetiga ko‘ra, Tor ichki xotirjamlikka erishish maqsadida safarga otlanadi, biroq uning dam olishini “Xudolar qotili” nomi bilan tanilgan Gorr (Kristian Beyl) buzadi. Asgard xudosi yangi xavfga qarshi kurashishda Valkiriya qirolichasi, Korg va sobiq dugonasi Jeyn Fosnerni yordamga chaqiradi. Fosner qandaydir tushunarsiz sabab bilan bu safar “Myolnir” bolg‘asiga munosib ko‘rilib, buyuk Torning kuchiga ega bo‘ladi.

Qahramonlar birgalikda “Xudolar qotili”ning qasosi sirini aniqlash va uni to‘xtatish uchun qiziqarli kosmik sarguzashtga otlanadi.

Avvalroq “O‘rgimchak odam: Uyga yo‘l yo‘q” barcha davrlarning eng ko‘p daromad keltirgan filmlar o‘ntaligiga kirgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Jahon kinematografiyasidagi eng qimmat maxsus effektlardan foydalanilgan 10 ta film (foto)

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar