Daryo

O‘zbekistonliklar so‘nggi 3 oyda “chiroyli” avtoraqam sotib olishga qancha pul sarflagani ma’lum bo‘ldi

Sotilgan avtoraqamlarning o‘rtacha boshlang‘ich va sotuv narxlari o‘rtasidagi tafovut 47 foizni tashkil qildi

1 daqiqa o‘qish21 736 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘zbekistonda 2022-yil yanvar—mart oylarida onlayn auksionlar orqali 86,7 milliard so‘mlik 40 mingdan ziyod “chiroyli” avtoraqamlar sotildi. Bu haqda Respublika tovar-xomashyo birjasi xabar berdi.

Bunda, avtoraqamlarning sotuvi o‘tgan yilga nisbatan son jihatdan 27 foizga, hajmi bo‘yicha – 40 foizga o‘sdi. Sotilgan avtoraqamlarning o‘rtacha boshlang‘ich va sotuv narxlari o‘rtasidagi tafovut 47 foizni tashkil qildi:

Jadval: UzEX

Avtoraqamlarning onlayn auksionlarda sotilishidan kelib tushgan mablag‘larning 80 foizi — davlat budjetiga, 20 foizi — Ichki ishlar vazirligining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va boshqa xarajatlar maxsus jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.

Avvalroq onlayn auksionda 01 Q 001 QB avtomobil raqami qariyb 5 ming dollarga sotilgani, Xorazmda 90 O 900 OA avtoraqami uchun onlayn auksionda kurash tonggacha davom etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar