Daryo

Onlayn auksionda 01 Q 001 QB avtomobil raqami qariyb 5 ming dollarga sotildi

Avtoraqamlar onlayn auksionida 29-noyabr kuni savdoga qo‘yilgan bir necha raqam boshlang‘ich narxidan bir necha barobar qimmatga sotildi

2 daqiqa o‘qish80 868 ko‘rishlar0 izoh0

Avtoraqamlar onlayn auksionida 29-noyabr kuni savdoga qo‘yilgan bir necha raqam boshlang‘ich narxidan bir necha barobar qimmatga sotildi.

Auksion savdolarini kuzatgan “Daryo” muxbirining qayd etishicha, ayniqsa, Toshkent shahri va Buxoro viloyatida chiroyli raqamlar uchun kurash keskin kechgan.

Kunning eng qimmatga sotilgan raqamlaridan biri 01 Q 001 QB bo‘ldi. Ushbu avtoraqam 27 mln so‘m boshlang‘ich narx bilan savdoga qo‘yilgandi. Savdolar davomida uning narxi 33 marta oshirildi va yakunda 53 730 000 so‘mga sotildi. Bu Markaziy bank tomonidan 29-noyabr uchun belgilangan dollar kursi (10777,04 so‘m) bo‘yicha 4985 dollarga teng deganidir.

“Avtoraqam.uzex.uz” saytidan skrinshot

8 100 000 so‘m boshlang‘ich narx bilan savdoga qo‘yilgan 707, 070, 200 va 808 raqamlari uchun kurash ham keskin bo‘ldi. 01 M 707 QB avtomobil raqamining narxi 145 marotaba ko‘tarildi. Yakunda raqam qariyb 2,5 barobarga ko‘tarilib, 19 845 000 so‘mga sotildi.

“Avtoraqam.uzex.uz” saytidan skrinshot

5-noyabr kuni savdoga qo‘yilgan 01 M 070 QB avtoraqami uchun narx taklif qilishning oxirgi muddati 29-noyabr soat 17:00 gacha bo‘lganiga qaramay, yangi takliflar hisobiga raqam uchun kurash bir necha soatga uzaytirildi. Savdolar yakunida ushbu raqam 19 359 000 so‘mga sotildi.

01 Q 200 QB avtoraqami 16 848 000 so‘mga, 01 Q 808 QB esa 16 200 000 so‘mga sotildi.

“Avtoraqam.uzex.uz” saytidan skrinshot

707 va 808 raqamlari Buxoro viloyatida ham savdoga qo‘yilgandi. Toshkent shahridan farqli o‘laroq chiroyli avtoraqamlar viloyatlarda pastroq qiymatda auksionga chiqariladi. 2 700 000 so‘m boshlang‘ich narx bilan savdoga qo‘yilgan 80 L 707 RA avtomobil raqamining narxi 326 marotaba ko‘tarilib, 11 502 000 so‘mga sotildi.

“Avtoraqam.uzex.uz” saytidan skrinshot

Bu Buxoroda kun davomida eng qimmat sotilgan avtoraqamlardan biri bo‘ldi.

80 L 808 RA davlat raqami esa g‘olib uchun 7 641 000 so‘mga tushdi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar