Daryo

Xamiri yumshoq kartoshkali pirojki retsepti

Pirojkilarni sous bilan dasturxonga torting

1 daqiqa o‘qish61 470 ko‘rishlar0 izoh1
Foto: “Bel novosti”

Pirojki ko‘pchilikning sevimli yeguligi bo‘lishiga qaramay, unga xamirturush qo‘shilishini yoqtirishmaydi. Ammo “Bel novosti” nashri tamoman boshqacha retsept bilan bo‘lishdi.

Foto: “Bel novosti”
Kerakli mahsulotlar:
  • un — 400 gramm;
  • kefir — 200 gramm;
  • smetana — 2 osh qoshiq;
  • tuxum sarig‘i — 2 dona;
  • iste’mol sodasi — 0,5 choy qoshiq;
  • o‘simlik yog‘i — 1 osh qoshiq;
  • kartoshka pyuresi, tuz va shakar.
Tayyorlanish jarayoni:
  1. Idishga kefir, smetana, tuxum sarig‘i solinib, aralashtiriladi va biroz ilitishga qo‘yiladi.
  2. Un elakdan o‘tkaziladi va kefirli aralashma ustidan oz-ozdan solinadi. Ustidan iste’mol sodasi, tuz va shakar qo‘shiladi.
  3. Oxirida yog‘ qo‘shib, xamir qoriladi va 40 daqiqaga tindirish uchun qo‘yiladi.
  4. So‘ngra xamir bir xil bo‘laklarga ajratilib, o‘rta qismiga kartoshka pyuresi solinadi.
  5. Qizdirilgan yog‘da pirojkilarning har tomoni qizarguncha qovurib olinadi.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar