Daryo

Iftorlik dasturxoni uchun mol jigaridan mazali taom tayyorlaymiz

Ta’bga ko‘ra garnir bilan birgalikda dasturxonga tortish mumkin

1 daqiqa o‘qish29 732 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Lifehacker

Lifehacker nashri taqdim etgan ushbu taom ham mazali, ham foydali.

Foto: Lifehacker
Kerakli mahsulotlar:
  • mol jigari — 700-800 gramm;
  • piyoz — 2 dona;
  • o‘simlik yog‘i — 1-2 osh qoshiq;
  • sariyog‘ — 1 osh qoshiq;
  • smetana — 300 ml;
  • un — 2 osh qoshiq;
  • suv — 100 ml;
  • tuz va ziravorlar.
Tayyorlanish jarayoni:
  1. Jigar to‘rtburchak, piyoz esa parrak qilib to‘g‘raladi.
  2. O‘simlik yog‘i o‘rtacha olovda qizdiriladi. Jigar bir necha daqiqa davomida qovuriladi.
  3. Alohida tovada sariyog‘ eritilib, piyoz qizargunga qadar qovuriladi.
  4. Smetana un va suv bilan aralashtiriladi.
  5. So‘ngra piyoz, jigar va smetanali aralashma bir idishga solinadi va 10 daqiqa davomida qaynatiladi.
  6. Taom pishishidan avval tuz va ziravorlar qo‘shiladi.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar