Daryo

Golden House’ga tegishli kompaniya Toshkentdagi bino-inshootlarni 208,7 mrld so‘mga sotib oldi

Lot “Agregat zavodi”ning ishlab chiqarish quvvatlari Chirchiq shahriga ko‘chirib o‘tkazilishi sababli savdoga qo‘yilgan

1 daqiqa o‘qish20 880 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: E-auksion

Toshkentda “Agregat zavodi” AJ va uning ta’sischiligidagi “Agregat avtokomplekt” MCHJning bo‘shayotgan bino va inshootlari  bilan auksion savdolari yakunlandi.

Foto: E-auksion

Bu joriy yilgi kimoshdi savdosidagi eng yirik lotlardan biri – bino va inshootlarning umumiy maydoni 52 928 kvadrat metrni tashkil qiladi.

Boshlang‘ich narxi 130 mlrd so‘m bo‘lgan davlat aktivi 208,7 mlrd so‘mga sotildi. Onlayn auksionda 3 nafar ishtirokchi ishtirok etdi.

Auksion g‘olibi Build Power MCHJ bo‘ldi. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya 2021-yil oxirida tashkil etilgan bo‘lib, uning 99 foizi Golden House kompaniyasiga tegishli.

Davlat aktivi korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlari Chirchiq shahridagi “Chirchiq qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi” hududiga ko‘chirib o‘tkazilishi sababli savdoga qo‘yilgan edi.

Foto: E-auksion

Sotishdan tushadigan mablag‘lar ushbu korxonalarni ko‘chirish, yangi bino va inshootlar barpo etish hamda modernizatsiya qilishga maqsadli yo‘naltiriladi.

Avvalroq Toshkentdagi hovli MIB tomonidan 5,2 mlrd so‘mga auksionga qo‘yilgani haqida xabar berilgan edi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar