Daryo

Multivarkada tovuq, qo‘ziqorin va kartoshkadan taom tayyorlang

Vitaminga boy taomni, albatta, ta’tib ko‘rishni tavsiya etamiz

1 daqiqa o‘qish21 354 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Lifehacker

Xushta’m taom retsepti pazanda bekajonlar uchun ayni muddao.

Foto: Lifehacker
Kerakli mahsulotlar:
  • tovuq filesi — 700-800 gramm;
  • kartoshka — 800-900 gramm;
  •  qo‘ziqorin — 6-8 dona;
  • sabzi — 1 dona;
  •  piyoz — 1 dona;
  • o‘simlik yog‘i — 2 osh qoshiq;
  •  smetana — 2 osh qoshiq;
  •  suv — 300-350 ml;
  • ko‘kat, tuz va ziravorlar.
Tayyorlanish jarayoni:
  1. Tovuq, kartoshka, qo‘ziqorin o‘rtacha, sabzi, piyoz va ko‘kat mayda to‘g‘raladi.
  2. Multivarkaga yog‘ quyiladi va “qovurish” rejimiga qo‘yiladi.
  3. Piyoz solinib, 3-5 daqiqa davomida qovuriladi.
  4. Ustidan qo‘ziqorin va tovuq go‘shti solinib, yana 10 daqiqa qovuriladi.
  5. Smetana, suv, tuz va ziravorlar solinadi. So‘ngra kartoshka, sabzi va ko‘kat qo‘shiladi.
  6. Oxirida smetana solinib, qopqoq yopiladi va 1 soat davomida pishirishga qo‘yiladi.
  7. Tayyor bo‘lgach issiq holda dasturxonga tortiladi.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar