SpaceX va Tesla kompaniyalari asoschisi Ilon Mask Twitter ijtimoiy tarmog‘i direktorlar kengashiga kirmaslikka qaror qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Maskga direktorlar kengashi a’zoligi taklif qilindi va uning tayinlanishi shanba kuni kuchga kirishi kerak edi. Ammo o‘sha kuni ertalab Ilon Mask direktorlar kengashida bo‘lmasligini ma’lum qildi, — deb yozdi Agraval Twitter sahifasida.Twitter bosh direktori Parag Agraval ilova aksiyadorlarini direktorlar kengashiga a’zolikdan qat’i nazar qadrlashini va bundan keyin ham bu davom etishini ta’kidladi.
4-aprel kuni Mask Twitter’ning 9,2 foiz aksiyasini sotib olgandi. Bu uni kompaniyaning eng yirik individual aksiyadoriga aylantirdi. Mask kompaniya ulushini sotib olganidan keyin Twitter aksiyalari qiymati 26 foizga oshgan.
Avvalroq Forbes jurnali Ilon Maskni dunyodagi eng boy odam deb e’lon qilgan edi.








