Daryo

Uzbekistan Airways’ni xususiylashtirish ishlari boshlanyapti

Uzbekistan Airways — sobiq “O‘zbekiston havo yo‘llari”ning bir qismi. Bu milliy aviakompaniya bo‘lib, hozirda 100 foiz davlatga tegishli

1 daqiqa o‘qish2 149 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Uzbekistan Airways’ni xususiylashtirish ishlari boshlanyapti. Bu prezident farmoni bilan tasdiqlangan.

Hujjatga muvofiq, 2022-yil 1-sentabrga qadar kompaniyaning 51 foiz va undan yuqori miqdordagi davlat ulushini savdoga chiqarish ishlari boshlanishi kerak. Aksiyalar, shu jumladan, ommaviy joylashtirish (IPO) orqali sotiladi.

“Hozir mavridi emas”

Uzbekistan Airways — sobiq “O‘zbekiston havo yo‘llari”ning bir qismi. Bu milliy aviakompaniya bo‘lib, hozirda 100 foiz davlatga tegishli.

2021-yilda hukumat kompaniyani sotishga tayyorligi, biroq hozircha buning mavridi kelmagani haqida xabar berilgan edi.

Milliy aviakompaniyani sotish borasida to‘xtaladigan bo‘lsak, bu borada rejalarimiz bor, biroq yaqin kelajakda emas. Chunki u hozirda xorijiy investorlarni yetarlicha jalb etmaydi. Qarzlar masalasi hal etilgach va qulay sharoit yaratilgach, bu masalaga, albatta, qaytamiz, — degan edi transport vaziri va Uzbekistan Airways boshqaruv raisi Ilhom Mahkamov.

Avvalroq Uzbekistan Airways va yana 14 kompaniya IPO o‘tkaziladigan kompaniyalar ro‘yxatiga kiritilgani haqida xabar berilgan edi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar