Daryo

Xonanda Rianna dunyodagi eng badavlat ayollar reytingidan joy oldi

Riannaning boyligi 1,7 milliard dollarga baholanmoqda

1 daqiqa o‘qish61 990 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Pinterest

Forbes jurnali dunyodagi eng boy ayollarning yillik reytingini e’lon qildi. Ro‘yxatda barbadoslik birinchi milliarderga aylangan Rianna ham bor.

Foto: Pinterest

Xabarlarga ko‘ra, Riannaning boyligi 1,7 milliard dollarga baholanmoqda. Xonanda o‘z daromadining asosiy qismini Fenty Beauty kosmetika va Savage X Fenty ichki kiyim brendidagi ulushlari orqali oladi.

Ro‘yxatda birinchi o‘rinni (ikkinchi yil ketma-ket) L’Oréal kosmetika imperiyasining merosxo‘ri Fransuaza Betankur-Mayers egalladi. Uning boyligi 74,8 milliard dollarni tashkil qiladi. Ikkinchi o‘rinda Walmart asoschisi Elis Uoltonning qizi bo‘lib, uning boyligi 65,3 milliard dollarga baholangan. Kuchli uchlikni 74,8 milliard dollar bilan tadbirkor va xayriyachi Devid Koxning bevasi Juliya Kox yakunladi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar