Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Munisa Rizayevaning maktabda unchalik yaxshi o‘qimagani aks etgan video tarqalmoqda. Xonanda boshlovchining “7 karra olti nechchi bo‘ladi?”, degan savoliga birinchi urinishda to‘g‘ri javob bera olmaydi. Quyida ushbu mavzuni davom ettirgan holda, maktabda ikkichi bo‘lgan jahon yulduzlari haqida ma’lumot beriladi.

Natalya Vodyanova

Foto: Cosmopolitan

Supermodel maktabni ham tugatmagan va universitetga kirmagan – bunga oiladagi qiyin sharoit sabab bo‘lgan. Bo‘lajak yulduzning oilasi ancha kambag‘al, bundan tashqari, uning singlisi miya falaji bilan og‘rigan. Unga ehtiyotkorlik bilan g‘amxo‘rlik qilishi kerak edi. Natijada yosh Natasha bozorda sotuvchi sifatida qo‘shimcha pul topishi, singlisiga qarashi, hech bo‘lmaganda onasiga biroz yordam qilishi kerak bo‘lgan. Uy vazifasini bajarishga esa vaqti yo‘q edi. Shunga qaramay, Vodianova oyoqqa turishga muvaffaq bo‘ldi va bugun u oilasini moddiy tomondan qo‘llab-quvvatlaydi.

Kameron Diaz

Foto: Cosmopolitan

Kameron maktab davrida darslarni o‘zlashtirish o‘rniga o‘zini himoya qilishni o‘rgandi. U bezori bo‘lib o‘sgan, darslarni qoldirgan, ertalabgacha do‘stlari bilan sayr qilishni afzal ko‘rgan. Bunday uchrashuvlarning birida fotograf Jeff Dunas 16 yoshli Diazni model sifatida sinab ko‘rishga taklif qildi. Kameron rozi bo‘ldi va hammasi shundan boshlandi. Maktab esa tamoman unutilgan edi.

Pavel Priluchniy

Foto: Cosmopolitan

Pavelning bolaligida bezorilik qilgani uning ekrandagi qahramonlarining aksariyatiga mos keladi. U yillar o‘tib, maktabni yoqtirmasligini va shuning uchun yomon o‘qiganini ham aytib o‘tgan. “Men tez-tez bolalar bilan o‘ynash uchun ko‘chaga chiqar edim, lekin ular meni topib, dars qilishga majbur qilardi. Otam qattiqqo‘l odam edi va unga bo‘ysunmaslikni iloji bo‘lmagan. Lekin men baribir kurashdim ... Keyin nima bilan shug‘ullansam, hammasidan nafratlandim. Bular menga nima uchun kerakligini tushunmas edim. Hattoki jismoniy tarbiyani ham yoqtirmaganman. Darsga kelishim bilan, albatta, janjallashar edim”, – deydi Pavel.

Dryu Berrimor

Foto: Cosmopolitan

Dryu Berrimor aktyorlar oilasida o‘sgan, bolaligidan u turli ziyofatlarga borishga odatlangan va birinchi rolini uch yoshida ijro etgan. Kichkintoy aktrisaga takliflar kela boshlagandan so‘ng maktab va uy vazifasidan voz kechgan. Keyinchalik uning hayotida katta-katta ziyofatlar, ichkilik va shunga o‘xshash narsalar paydo bo‘lgan.

Jim Kerri

Foto: Cosmopolitan

Jim 10-sinfda uch marta qayta o‘qigan. Bo‘lajak aktyor kambag‘al oilada o‘sgan, shuning uchun u farrosh sifatida qo‘shimcha pul topishiga to‘g‘ri kelgan. Uy vazifasini bajarishga esa kuchi yetmasdi, u tez-tez dars stolida uxlab qolardi. Yaxshiyamki, maktabdan so‘ng, Kerri “Yak-Yak” komediya klubida chiqa boshladi va bu uning muvaffaqiyatli aktyorlik karyerasining boshlanishiga sabab bo‘ldi.

Yekaterina Klimova

Foto: Cosmopolitan

Aktrisa maktab yillari bilan yoqimsiz xotiralari borligini ma’lum qildi. U 11-sinfni arang tugatgan. Ketrin uchun, ayniqsa, aniq fanlar  qiyin edi. Yaxshiyamki, teatr kursiga kirishda bilim talab qilinmagan.

Tom Kruz

Foto: Cosmopolitan

Bo‘lajak kino yulduzi Tom Kruz hayotida maktabni 10 marotaba o‘zgartirgan. Undagi disleksiya moslashuv muammolariga qo‘shildi: bunday kasallik bilan odam matndagi harflarning tartibini yaxshi sezmaydi. Ushbu qiyinchiliklarga qaramay, Kruz aktyorlikda muvaffaqiyat qozondi.

Fyodor Bondarchuk

Foto: Cosmopolitan

Bolaligida Fyodor ashaddiy zo‘ravon edi: u urushdi, chekdi, darslarni qoldirdi va o‘qituvchilar bilan janjallashdi. Shu bilan birga, bo‘lajak aktyor va rejissor san’at maktabida katta yutuqlarga erishdi, bu uning kelajagini belgilab berdi. Fyodorning onasi o‘g‘lining diplomat bo‘lishini orzu qilardi, lekin u ijodkorlikka intildi. Shunday qilib, MGIMOga kirish imtihonlari Bondarchuk uchun muvaffaqiyatsiz yakun topdi, ammo birinchi urinishidayoq VGIKning rejissyorlik bo‘limiga o‘qishga kirdi.

Benedikt Kamberbetch

Foto: Cosmopolitan

Benedikt Londondagi nufuzli Harrow maktabida o‘qigan, lekin, afsuski, u bu bilan mag‘rurlana olmasdi. Aksincha, buning aksi bo‘lgan. Kamberbetch namunali xulq-atvori bilan ajralib turmagan, bezorilar orasidan joy olgandi. Aktyorni darslar umuman bezovta qilmasdi, lekin uni aktyorlik mahorati hayratga soldi, uning iste’dodi maktab yillarida ham yaqqol ko‘rinib turgan.

Nyusha

Foto: “kp.ru”

Nyusha bolaligidan qo‘shiqchi bo‘lishni orzu qilar edi va u yoshi ulg‘aygan sari o‘z kelajagiga sarmoya yig‘di. Tabiiyki, bir paytlar maktab ikkinchi o‘ringa ham tushgan. Ammo Nyushaga omad kulib boqdi: uning bilim darajasi yetarli bo‘lmasa-da, maktabning ijodiy hayotida faolligi buni berkitib turardi va o‘qituvchilar unga nisbatan yaxshi munosabatda bo‘lgan. Natijada bo‘lajak qo‘shiqchi maktabni uch bahoga tugatdi, lekin bu Nyushani unchalik ham bezovta qilmadi.

Keyt Uinslet

Foto: Cosmopolitan

Bolaligida Keyt to‘lachadan kelgan qiz edi, shuning uchun uni maktabda “do‘mboq” va “semiz” deb masxara qilishgan. Uinslet bu kabi munosabatdan shunchalik xavotirda ediki, u o‘qishga to‘liq e’tiborini jamlay olmadi. Uni aktrisalikka bo‘lgan muhabbati qutqardi: Keyt aktrisa bo‘lishni xohlayotganini bilar edi, shuning uchun maktabni tashlab, bor kuchini orzularini ro‘yobga chiqarishga qaratdi.

Rayan Gosling

Foto: Cosmopolitan

Rayan yoshligidan aktyor bo‘lishni orzu qilgan, shuning uchun u kasting va ko‘riklardan beri kelmagan. Yigitning o‘qishga vaqti yo‘q edi: Gosling maktabga borgan kunlarda esa unga biror narsani o‘rgatib bo‘lmasdi. Bo‘lajak aktyor boshqa sinfiga o‘tkazildi, lekin bu ham yordam bermadi: Rayan maktabni tashlab, Los-Anjelesga ko‘chib o‘tdi va u yerda kino olamiga kirib bordi.

Rihanna

Foto: “Ria Novosti”

Ri-Rining bolaligini baxtli deb atash qiyin: uning oilasi boy emas edi, otasi, boshqa narsalar qatorida, giyohvandlik va ichkilikdan aziyat chekardi. Shuning uchun uning uyidagi muhit havas qilishga qarzimasdi. Doimiy stress Riannaning maktabda o‘qishiga imkon bermadi. Qiz musiqadan taskin topdi, bu keyinchalik uning hayotining ma’nosiga aylandi. Xonanda bo‘lish orzusida uchun Rianna 16 yoshida maktabni tashlab ketdi.

Leonardo Di Kaprio

Foto: Cosmopolitan

Leo har doim maktabdagi ta’lim uning hayotida foydali bo‘lishi mumkin emasligiga amin edi. Shuning uchun u bir necha sinflarni o‘qib, keyin maktabni tashlab, o‘zini aktyorlikka bag‘ishladi. 13 yoshida u birinchi rolini o‘ynadi va keyin nima bo‘lgani barchaga ma’lum.

Paris Hilton

Foto: FestivaAll

Qoshig‘igacha oltin bo‘lgan Paris haqiqatan ham kelajagi haqida qayg‘urmasdi, chunki u boy hamda beg‘am edi. U “namunali” xulq-atvori uchun maktabdan haydaldi. Hilton bunga unchalik ahamiyat bermadi, lekin uning oilasi o‘rta maktab diplomini olishni talab qildi va bo‘lajak tannoz xonim o‘zini qo‘lga olishga majbur bo‘ldi.

Kristen Styuart

Foto: Cosmopolitan

Kristenning bolaligida xuddi irkit o‘rdakcha kabi tengdoshlari uni doimo haqorat qilardi. Shuning uchun ham u maktabdan nafratlangan va juda yomon o‘qigan. U bolaligidan filmlarda rol o‘ynay boshladi, bu sinfdoshlarining g‘azabini yanada kuchaytirdi. Va 14 yoshida, doimiy ta’qiblardan charchagan bo‘lajak aktrisa maktabni tashlab ketdi. Lekin 20 yoshida Kristen fikridan qaytdi va baribir sertifikat olishga qaror qildi: u maktab imtihonlarini chet ellik talaba sifatida topshirdi.