Daryo

Bayden Putinni harbiy jinoyatlar uchun sud qilish kerak deb hisoblamoqda

AQSH davlat rahbari Ukrainadagi voqealarni genotsid deya olmasligini bildirgan

1 daqiqa o‘qish38 124 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Anadolu Agency

AQSH prezidenti Jo Bayden Rossiya davlat rahbari Vladimir Putinni harbiy jinoyatlar uchun sud qilish lozimligi haqida gapirdi, deya xabar qilgan Associated Press.

Foto: Anadolu Agency

“Buchada nima bo‘lganini ko‘rdik”, — degan Putin harbiy jinoyatchi ekanini yana bir bor eslatib Bayden.

Avval u Rossiya prezidentini mart o‘rtalarida “harbiy jinoyatchi”, “qassob” deb ta’riflagandi. Kreml Baydenning bu kabi ayblovlarini o‘rinsizligi, bu haqda yuz minglab odamlarni bomba tashlab halok qilgan mamlakat rahbarining aytishi kechirib bo‘lmas xato ekanligini qayd etgan.

AQSH prezidenti jurnalistlar bilan suhbatda Ukraina hududida sodir bo‘lgan voqea-hodisalar haqidagi xabarlardan keyin Rossiyaga qarshi yangi qo‘shimcha sanksiyalar qo‘llanilishini ma’lum qilgan.

“Ukraina kurashni davom ettirishi uchun mamlakatga qurol-yarog‘ yetkazib berishda davom etishimiz kerak. Kiyev viloyatidagi harbiy jinoyatlarga aloqador ma’lumotlarni sud jarayoni uchun to‘plash zarur”, — deya qo‘shimcha qilgan Bayden.

Shuningdek, AQSH davlat rahbari Ukrainadagi voqealarni genotsid deya olmasligini bildirgan, deya qayd etiladi Associated Press xabarida.

Rossiyalik harbiylar bir necha hafta davomida hududda bo‘lganidan keyin Kiyev viloyatidan chiqib ketgach, Buchada va Ukrainaning boshqa aholi yashash punktlarida minglab tinch aholi vakillarining jasadlari ko‘chalarda qoldirilgani ma’lum bo‘ldi. Kiyev viloyatidagi manzara aks etgan video va fotosuratlar, nafaqat Ukraina hukumati, balki xalqaro axborot agentliklari tomonidan e’lon qilindi.

Mavzuga doir: Bucha fojiasi. 3-aprelning asosiy voqealari

Rossiya hukumati Kiyevda tinch aholi vakillarining o‘ldirilgani haqidagi xabarlar Ukraina hukumati tomonidan “sahnalashtirilgani” va “provokatsiya” ekanligini bildirgan.

Rossiya—Ukraina urushiga oid tezkor, ishonchli yangiliklar va ma’lumotlarni “Daryo”ning Live sahifasi orqali kuzatib boring → @Daryo_Live

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar