Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Avvalroq Markaziy bank asosiy stavkani 14 foizdan 17 foizga ko‘targani haqida xabar berilgan edi.

Bu, taxmin qilinganidek, aholi uchun milliy valyutada omonatlar bo‘yicha foiz stavkalarining oshishiga olib keldi. 

 

Masalan, yanvar oyida TBC Bank’da stavka 25 foiz bo‘lgan bo‘lsa, hozir 27 foiz bo‘ldi. Apelsin’da bu ko‘rsatkich 20 foizdan 23 foizgacha ko‘tarildi.

Boshqa banklarda ham stavkalarning o‘sishi kutilmoqda. Bu asosiy stavkaning oshirilishidan keyin tabiiy hodisa — shu yo‘l orqali Markaziy bank iqtisodiyotga aholidan ko‘proq pul jalb qilmoqchi.

Markaziy bank raisidan oddiy fuqarolarga pulni tejash bo‘yicha maslahat

Avvalroq Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov banklar tomonidan taklif etilayotgan milliy valyutadagi omonatlar shartlarini va foiz stavkalarini manfaatli deb baholagan edi.

Uning fikricha, mamlakatda inflyatsiya darajasi, ayirboshlash kursi dinamikasi va omonatlar bo‘yicha foiz stavkalari orasidagi ijobiylik hisobga olinadigan bo‘lsa, mablag‘larni milliy valyutada uzoq muddat saqlash to‘g‘ri qarordir. 

Har qanday holatda barcha omonatchilarga mablag‘larning to‘liq qaytarilishi davlat tomonidan kafolatlanadi, — degan edi Mamarizo Nurmuratov.

Avvalroq O‘zbekistonda avtokreditlar qimmatlashgani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Daryo” kundaligida 9-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Qozog‘iston Rossiyaga zirhli texnika jo‘natishi haqida xabarlar tarqaldi (video)
Madaniyat
Shahzoda Garri va Megan Markl yangi hujjatli filmda Yelizavetta II ni masxaralab, qirollik oilasi a’zolarini irqchilikda aybladi (video)