Daryo

La Liga. “Barselona” o‘z uyida raqibga javobsiz to‘rtta gol urdi, Ferran Torresdan dubl (video)

“Sevilya” yana ochko yo‘qotdi, “Atletik”da mag‘lubiyat

1 daqiqa o‘qish40 654 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images

Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 28-turidan o‘rin olgan qator o‘yinlar 13-mart, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

“Barselona” o‘z uyida “Osasuna”ni qabul qildi. Uchrashuvning 14-daqiqasida Ferran Torres penaltini aniq amalga oshirgan holda katalonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmay ispaniyalik futbolchi dublini nishonladi.

27-daqiqada Pyer-Emerik Obameyang hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. 75-daqiqada Rikard Puch yakuniy hisobni o‘rnatdi — 4:0.

Ushbu g‘alaba evaziga “Barselona” ochkolarini 51 taga yetkazib oldi va uchinchi pog‘onada ketmoqda. “Osasuna” (35) 11-o‘rindan joy olgan.

La Liga musobaqa jadvali, o‘yinlar taqvimi va to‘purarlar ro‘yxati shu yerda — ko‘rish.

La Liga

28-tur bahslari

13-mart, yakshanba

“Barselona” — “Osasuna” 4:0

Gollar: 1:0 – 14, penalti Ferran Torres, 2:0 – 21 Ferran Torres, 3:0 – 27 Obameyang, 4:0 – 75 Puch.

“Barselona”: ter Shtegen, Dani Alves, Pike (Langle, 62), Erik Garsiya, Alba (Mingesa, 79), Buskets, Pedri (Puch, 73), Gavi, Obameyang (Depay, 73), Dembele, Ferran Torres (Breytueyt, 80).

“Osasuna”: Errera, Vidal, Xuan Krus, David Garsiya (Aridane, 46), Xose Anxel, Ruben Garsiya (Roberto Torres, 46), Torro (Unai Garsiya, 46), Martines (Brashanats, 73), Monkayola, Benito (Budimir, 67), Kike Garsiya.

Ogohlantirishlar: Vidal (13), David Garsiya (15), Unai Garsiya (89), Brashanats (90).

“Rayo Valyekano” — “Sevilya” 1:1

Gollar: 1:0 – 46 Bebe, 1:1 – 63 Dileyni.

“Betis” — “Atletik” 1:0

Gol: 1:0 – 20 Iglesias.

“Real Sosyedad” — “Alaves” 1:0

Gol: 1:0 – 70 Subimendi.
Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar