Daryo

The Times: Bir haftada Zelenskiyning hayotiga uch marta suiqasd uyushtirilgan

Ukraina prezidentini o‘ldirish topshirig‘i bilan mamlakatga ikkita guruh yuborilgani aytilmoqda

1 daqiqa o‘qish98 598 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images

So‘nggi bir hafta ichida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning hayotiga kamida uch marta suiqasd uyushtirilgan. Bu haqda Britaniyaning The Times gazetasi xabar berdi.

Foto: Getty Images

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina prezidentini o‘ldirish topshirig‘i bilan mamlakatga ikkita guruh yuborilgan — “Vagner” yollanma jangarilari va chechen maxsus xizmatlari.

Gazetaning yozishicha, suiqasdlarning barchasi Ukrainadagi urushga qarshi chiqayotgan Federal xavfsizlik xizmati xodimlarining harakatlari tufayli barbod bo‘lgan.

Guruhga yaqin bo‘lgan nashr manbasining ta’kidlashicha, “Vagner” a’zolari yo‘qotishlarga uchragan. U prezident xavfsizlik xizmatining operatsiyadan xabardorligini “aqlbovar qilmas” darajada deya izohlagan.

Avvalroq Kreml topshirig‘iga ko‘ra “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasining 400 dan ortiq yollanma jangarilari Kiyevda jang qilayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. “Vagner” guruhi — OAVlarda Rossiya xususiy harbiy kompaniyasi deb ataluvchi norasmiy qurolli tuzilma. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2014-yildan buyon guruh Ukraina va Suriya hududlarida jang qilgan. 2017-yilda “Vagner” guruhi AQSh sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar