Daryo

Zelenskiy Xarkovdagi bosh maydonga berilgan raketa zarbasini ochiqdan ochiq terror deb atadi

Ijtimoiy tarmoqlarda Xarkovdagi portlash joyidan olingan videolar tarqaldi

1 daqiqa o‘qish63 957 ko‘rishlar0 izoh0

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 1-mart kuni ertalab Xarkov shahrining Ozodlik maydoniga berilgan raketa zarbasini “ochiqdan ochiq terror” deb atadi.

“Maydonda ham, Xarkovdagi raketa artilleriyasi hujumiga uchrayotgan aholi punktlarida ham hech qanday harbiy belgilar yo‘q edi. Markaziy maydondagi raketa — bu ochiq va namoyishkorona terror. Bu ishdan keyin Rossiya — terrorchi davlat”, — dedi u.

Ijtimoiy tarmoqlarda Xarkovdagi Ozodlik maydoniga yo‘llangan raketa hujumining videolari tarqaldi.

24-fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbass aholisini himoya qilish, Ukrainani “demilitarizatsiya” va “denazifikatsiya qilish” uchun “maxsus harbiy operatsiya” boshlanganini e’lon qildi. Kreml gap “harbiy salohiyatni zararsizlantirish” va “Ukrainani natsistlardan tozalash” haqida ketayotganini tushuntirdi. Putinning bayonotidan keyin Ukraina shaharlari bir necha bor o‘qqa tutildi. Rossiya Mudofaa vazirligi bunga aloqadorligini rad etmoqda.

Rossiya—Ukraina urushiga oid tezkor, ishonchli yangiliklar va ma’lumotlarni “Daryo”ning Live sahifasi orqali kuzatib boring → @Daryo_Live

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar