Vitaminga boy sabzavotlardan tayyorlanadigan sho‘rva ham mazali, ham foydali.
Kerakli mahsulotlar:
- kartoshka – 4-6 dona;
- bulg‘or qalampiri – 1 dona;
- piyoz – 1 dona;
- sabzi – 1 dona;
- sarimsoq – 2 bo‘lak;
- suv – 4 litr;
- o‘simlik yog‘i – 3-4 osh qoshiq;
- guruch – 150 gramm;
- tomat pastasi – 3 osh qoshiq;
- tuz va ziravorlar.
- Kartoshka, bulg‘ori qalampiri, piyoz mayda to‘g‘raladi. Piyoz qirg‘ichdan o‘tkaziladi. Sarimsoq maydalanadi.
- Suv alohida idishda qaynatiladi va kartoshka solib, yana 10 daqiqa qaynatiladi.
- Tovada o‘simlik yog‘i qizdirilib, piyoz qovurib olinadi.
- Ustidan sabzi solinadi va qizarguncha qovuriladi. Bulg‘or qalampiri, tuz va ziravorlar solinib, 2-3 daqiqa pishiriladi.
- Qozondagi suvga guruch qo‘shib qaynatiladi. Tomat pastasi va sarimsoq solinadi. Bir necha daqiqa pishiriladi.
- Tovada qovurilgan mahsulotlar guruchli aralashmaga qo‘shiladi, tuz, ziravor va ko‘katlar solinadi. Biroz qaynatilgach, olov o‘chiriladi. So‘ngra dafna barglari solinadi.
Izoh (0)