Daryo

Insultning dastlabki namoyon bo‘luvchi belgilari

Insult belgilari sezilgan zahoti tez yordamni chaqirish kerak

1 daqiqa o‘qish62 693 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Pinterest

Insult kasalligi so‘nggi yillarda “yasharib” bormoqda. Insult bo‘lgan insonning atrofidagilari kasallikning dastlabki belgilarini bilishi va ularni aniqlab, eng qisqa vaqt ichida bemorni kasalxonaga olib borishi – uning sog‘ayishida va hattoki hayotini saqlab qolishida muhim rol o‘ynaydi.

Foto: Pinterest

Dastlabki belgilar:

Nutqning buzilishi. Insultga chalingan odamning nutqi o‘zgaradi. “Mast odam nutqi” deb ataladigan simptom paydo bo‘ladi. Bunda til hatto eng oddiy so‘zlarni ham noto‘g‘ri talaffuz qiladi.

Koordinatsiyaning yo‘qolishi. Ko‘pincha chayqalib yurish kuzatilishi mumkin. Odam bir tomonga og‘ib, oyog‘ini sudrab yura boshlaydi. Ba’zan tananing bir tomonida faoliyat yo‘qoladi. Аgar bemordan qo‘llarini ko‘tarish so‘ralsa, u buni qila olmaydi yoki ularni qiyinchilik bilan ko‘taradi.

Mimika o‘zgarishi. Yuz asimmetriyasi paydo bo‘lishi mumkin, insult bo‘lgan odam tabbasum qilganda og‘zining bir burchagi o‘zgarmaydi yoki pastga tushgan holatda bo‘ladi.

Ongning o‘zgarishi. Insult bo‘lgan odam noto‘g‘ri va g‘alati narsalarni gapirishi mumkin. Аyrim hollarda hushini yo‘qotadi.

Insult belgilari sezilgan zahoti shoshilinch tez yordamni chaqirish kerak. Shifokorlar kelguncha derazalar ochilib, kiyim yoqasi bo‘shatilishi lozim. Shuningdek, maksimal kislorod oqimini ta’minlash muhim. Ammo kasalxonaga olib borish tavsiya etilmaydi. Chunki bu maxsus brigada tomonidan amalga oshirilishi kerak. Insultni uy sharoitida davolamaslik kerak. Bu o‘z-o‘zidan o‘tib ketadigan kasallik emas.

Shifokor Xurshid A’zamxo‘jayev tavsiyalari asosida tayyorlandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar