Daryo

Bayden Suriyadagi maxsus amaliyotda IShID yetakchisi o‘ldirilganini e’lon qildi

Operatsiya davomida kamida uch nafar tinch aholi vakili — IShID yetakchisining rafiqasi va uning bolalari ham halok bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish43 044 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Reuters

AQSh prezidenti Jo Bayden amerikalik harbiylarning Suriya shimoli-g‘arbida o‘tkazilgan  maxsus operatsiyasi davomida IShID yetakchisi Abu Ibrohim al-Hoshimiy al-Qurashiy o‘ldirilganini e’lon qildi. Tegishli bayonot Oq uy saytida chop etilgan. Reuters IShID yetakchisi yo‘q qilingan joydan olingan kadrlarni namoyish qildi.

Foto: Reuters

Bayden aytganidek, “amerikaliklarning barchasi operatsiyadan sog‘-salomat qaytdi”. AQSh ma’muriyatining ma’lum qilishicha, IShID yetakchisi o‘zini portlatib yuborgan, shuningdek, uning bir necha oila a’zolari halok bo‘lgan.

Pentagon matbuot kotibi Jon Kirbining so‘zlariga ko‘ra, operatsiya davomida kamida uch nafar tinch aholi vakili — IShID yetakchisining rafiqasi va uning bolalari halok bo‘lgan. Ularning o‘limiga amerikalik harbiylar emas, jangarilarning o‘z xatti-harakatlari sabab bo‘lgani haqida AQSh “ishonchli dalillarga ega”, dedi Kirbi. Uning qo‘shimcha qilishicha, al-Qurayshiy yashiringan binodan o‘ndan ortiq tinch aholi olib chiqilgan.

Iroq armiyasi bosh qo‘mondoni matbuot kotibi Yahyo Rasul IShID yetakchisining joylashuvi Iroq razvedkasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar tufayli aniqlanganini ta’kidladi.

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken al-Qurayshining o‘limini “IShIDni yo‘q qilish uchun global kurashdagi muhim g‘alaba” deb atadi.

Al-Qurayshi IShIDni 2019-yilning oktabr oyidan boshqargan. U avvalgi yetakchi Abu Bakr al-Bag‘dodiy Suriyaning Idlib viloyatida o‘tkazilgan AQSh maxsus amaliyotida o‘ldirilganidan keyin rahbarlikni qo‘lga olgan. Mavzuga doir: IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar