Daryo

JSST xalqaro sayohatlarga cheklovlarni olib tashlashni tavsiya qildi

Tashkilotning qayd etishicha, bu kabi cheklovlar foyda keltirmagan, omikronning tarqalishi bunga isbot sifatida aytib o‘tilgan

1 daqiqa o‘qish18 177 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Reuters

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti qo‘mitasi mamlakatlarga xalqaro sayohatlar uchun o‘rnatilgan cheklovlarni bekor qilish yoki yengillashtirishni maslahat berdi.

Foto: Reuters

Qo‘mita bayonotida ta’kidlanishicha, cheklovlar “davlatlar duch kelayotgan iqtisodiy va ijtimoiy stressni yuzaga kelishiga ko‘maklashmoqda”. Shu bilan birga, mazkur choralar foyda keltirmagan: bunga ayrim mamlakatlarning safarlarga qo‘ygan chekloviga qaramay, koronavirusning omikron shtammi tarqalgani isbot sifatida keltirilgan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining xalqaro sayohat bo‘yicha yo‘riqnomasida aytilishicha, hukumatlar infeksiyaning tarqalish xavfini kamaytirish uchun choralar ko‘rishi mumkin, jumladan, sayohatchilarni COVID uchun tekshirish yoki ularni karantinga joylashtirish. Tashkilotning qayd etishicha, ushbu choralar “xatarni yaxshilab baholash” asosida aniqlanishi kerak, ularni qo‘llashda esa “sayohatchining qadr-qimmati, inson huquqlari va asosiy erkinliklarini” hurmat qilish zarur.

Omikron shtammi sabab ayrim mamlakatlar, jumladan, Buyuk Britaniya, AQSh va Yaponiya Janubiy Afrika mamlakatlaridan keluvchi xorijliklar uchun cheklovlarni joriy etgan. Isroil barcha xorijliklarga chegarasini yopgan, ammo keyinroq vaksinatsiyadan o‘tganlarning kirishiga ruxsat bergan. Mavzuga doir:  Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ham Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 15-yanvardan boshlab mamlakatda bir qator cheklovlar joriy etildi. Jumladan, turli tadbirlar tashkil etish taqiqlandi, emlanmagan xodimlar ishga qo‘yilmaydi. Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida ta’til davomida koronavirus infeksiyasiga qarshi to‘liq emlash choralari ko‘riladi. O‘zbekiston aeroportlarida koronavirusga qarshi majburiy test topshirish joriy etildi.
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar