Yevropa aholisining 50 foizdan ko‘proq qismi yaqin 6-8 hafta ichida omikron shtammi bilan kasallanishi mumkin. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Xans Klyuge ma’lum qildi.

Klyuge “omikron”ning Yevropada tarqalishi haqida prognozni AQShning ko‘rsatkichlar va sog‘liqni baholash instituti ma’lumotlariga tayangan holda maxsus press-brifingda aytib o‘tgan.
Klyuge ayni vaqtda mavjud vaksinalar kasallikning og‘ir oqibatlari va o‘lim holatlarining oldini olishda yaxshi himoyani ta’minlab bera olishini ta’kidlagan.
Biroq u “omikron”ning juda tez tarqalib borayotgani shifoxonalarda bemorlar ko‘payishiga va umumiy olib aytganda sog‘liqni saqlash tizimiga og‘ir yuklama berishini qayd etgan. Mavzuga doir:- JSST delta va “omikron” shtammlari bilan kasallanish “sunamisi”dan ogohlantirdi
- Fotogalereya: 2021-yilda dunyo koronavirus pandemiyasini qanday o‘tkazdi?
- “Omikron” yengil kechadigan kasallik emas — JSST
Avval Yaponiyaning xorijliklarning mamlakatga kirishi uchun qo‘yilgan taqiqni fevral oxirigacha uzaytirishi, Kiprda “delta” va “omikron” shtammlarining gibridi aniqlangani, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 300 milliondan oshgani, Hindistonda “omikron” shtammidan birinchi o‘lim qayd etilgani haqida xabarlar berilgan.








