Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Kundalik stressni boshdan kechirganda, turli xil tinchlantiruvchi choylar yordamga keladi. Quyidagi materialda nevrozning oldini oladigan va ichki muvozanatni keltirib chiqaradigan retseptlarni taqdim etamiz.

Foto: Marie Claire

Foto: Marie Claire

Eng qadimiy ichimliklardan biri bo‘lgan choy har doim zamonaviy hayotning cheklanmagan ritmlariga dosh berishga yordam beradi: bu vazn uchun zararli emas, u tananing asab, ovqat hazm qilish va qon aylanish tizimlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Tinchlantiruvchi choylar odatda o‘tlardan tayyorlanadi. Eng mashhurlari – yalpiz, moychechak, valerian, pustirnik, limono‘t va jo‘ka. Ushbu o‘tlardan organizmni tinchlantiruvchi choy tayyorlash mumkin.

Moychechak uyqusizlikka yordam beradi va asab tizimini tinchlantiradi. Valerian va yalpiz bir zumda stressni yengillashtiradi. Pustirnik depressiya va asabiy qo‘zg‘aluvchanlikda ham qo‘llaniladi. Aytgancha, choylar tinchlantirishdan tashqari, toksinlar bilan kurashadi. Choylar samarali tozalash vositalari sifatida tanilgan va bu maqsadda asrlar davomida foydalanib kelinmoqda.

Moychechak choyi

Eng mashhur va oddiy choy retsepti, uni qaynatishga ham hojat yo‘q. Moychechak gullariga issiq suv quyiladi va 7-10 daqiqaga dimlanadi, shundan so‘ng suyuqlik tindiriladi va ichiladi. Moychechak gullaridan 200 ml suv uchun 1-2 choy qoshiq kerak bo‘ladi. Ushbu choy mukammal darajada tinchlantiradi, uyqusizlikka qarshi kurashadi.

Jo‘kali choy

Choyning shifobaxsh xususiyatlari hamda yoqimli hidi bor. Jo‘kali choy kuchli detoks ta’siridan tashqari, tinchlantiruvchi ta’sirga ham ega. Buning uchun 3-4 osh qoshiq jo‘ka gulini ustiga qaynoq suv quyiladi va yaxshilab dimlanadi. Choyni kuniga 100-200 ml miqdorda iste’mol qilish mumkin.

Mavrakli choy

Mavrak nafaqat taomlarga ziravor sifatida qo‘shiladi, balki o‘simlikning xususiyatlari choyda maksimal darajada namoyon bo‘ladi. 2 osh qoshiq mavrak guliga 200 ml issiq suv quyiladi. Ichimlik yarim soat davomida dimlanadi, so‘ngra suyuqlik tindiriladi. Mavrakli choydan kuniga yarim stakandan ikki mahal ichish tavsiya etiladi.

Valerianli choy

2 osh qoshiq valerian guli maydalanadi, keyin olingan massani 0,5 litr qaynoq suv bilan dimlanadi. 10 daqiqadan keyin tinchlantiruvchi choyni ichish mumkin. Ichimlik bosh og‘rig‘ini, ba’zan hatto migrenni yengillashtiradi va uyqusizlikka yordam beradi.

Asalli choy

Buning uchun 500 ml suv, bir dona olma, ko‘k choy, 1/3 choy qoshiq dolchin va ta’bga ko‘ra asal kerak bo‘ladi. Mahsulotlarga issiq suv quyiladi va 5 daqiqaga qoldiriladi. Bundan tashqari, apelsin bo‘laklari yoki qobig‘ini qo‘shish mumkin – bu ichimlikka yangi yil lazzatini beradi.

Yalpizli choy

Avval yalpiz va choy barglarini teng nisbatda aralashtiriladi. Ustidan qaynagan suv quyiladi va 5-10 daqiqaga qoldiriladi. Ushbu choy tinchlantiruvchi vosita sifatida ichiladi, agar tavsiya etilgan dozadan ko‘proq qabul qilinsa, aksincha, energiya ortadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Daryo” reportaji: Namangandan topilgan zardushtiylar ibodatxonasining dunyoda tengi yo‘qligi aytilmoqda. Bu yerdagi 70 ta otashkadada tun-kun olov yonib turgan (v...
Madaniyat
O‘zbekistonda o‘tkazilgan Mokkoji Korea festivali va K-pop konserti — suratlarda