Daryo

Qo‘y qovurg‘asini pechda sous qo‘shib pishiramiz

Dasturxonga tortishdan avval ko‘katlar bilan bezang

1 daqiqa o‘qish42 331 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Lifehacker

Mazali sous qo‘shib pishadigan go‘shtni istalgan garnir bilan birga dasturxonga tortishingiz mumkin.

Foto: Lifehacker
Kerakli mahsulotlar:
  • asal — 2 osh qoshiq;
  • soya sousi — 4 osh qoshiq;
  • sarimsoq piyoz — 4 dona;
  • jigarrang shakar — 2 osh qoshiq;
  • achchiq sous — 1-2 osh qoshiq;
  • guruch sirkasi — 2 osh qoshiq;
  • tuz — ta’bga ko‘ra;
  • qo‘y go‘shti qovurg‘alari — 1 kg.
Tayyorlanish jarayoni
  • Asalga soya sousi, maydalangan sarimsoq, jigarrang shakar, achchiq sous, guruch sousi va tuz qo‘shib aralashtiring.
  • Aralashmani qovurg‘alarga surtib chiqing.
  • 180 daraja qizigan pechga 20-25 daqiqaga qo‘ying.
  • Qolgan sousni ustidan quyib yana 10 daqiqaga qo‘ying.
  • Dasturxonga tortishdan avval ko‘katlar bilan bezang.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar