Daryo

Yangi yil dasturxoni uchun ajoyib gazak — kolbasa va pishloqli uy

Dasturxonga tortishdan avval bir soatga muzlatkichga qo‘yiladi

1 daqiqa o‘qish27 222 ko‘rishlar0 izoh0
Foto; Lifehacker

Bayram dasturxoni uchun mazali bo‘lishi bilan birga ajoyib ko‘rinishga ega pishloq va kolbasadan kulba gazagini tayyorlaymiz.

Foto: Lifehacker
Kerakli mahsulotlar:
  • qaymoq-pishloq – 230-250 gramm;
  • smetana – 80 gramm;
  • qattiq pishloq – 230-250 gramm;
  • krakerlar – 2 qadoq;
  • dudlangan kolbasa va tayoqchalar, sarimsoq kukuni, tuz va ziravorlar.
Tayyorlanish jarayoni:
  1. Qaymoqli pishloq, smetana, sarimsoq kukuni, tuz va ziravorlar mikser qilinadi.
  2. Ustidan qattiq pishloq qirg‘ichdan o‘tkazib solinadi.
  3. Tayyor bo‘lgan aralashma muzlatkichga 1 soatga qo‘yiladi.
  4. Massaning usti bir tekisda bo‘lishi uchun krakerlar terib chiqiladi.
  5. Kulbaning deraza eshigi uchun joy qoldiriladi.
  6. Massaning tepa qismiga tom shaklida kolbasa teriladi. Pastki qismi esa dudlangan tayoqcha bilan o‘raladi.
  7. Deraza va eshik qismiga pishloq bilan bezak beriladi.
  8. Dasturxonga tortish uchun muzlatkichda 30-60 daqiqaga qoldiriladi.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar