So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12212.07
    • RUB 127.16
    • EUR 12992.42
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +15°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Dunyo

    Donald Tramp koronavirusga qarshi emlandi. Avval AQSh sobiq prezidentini ulug‘lagan fitna nazariyasi tarafdorlari va vaksinalarga qarshi chiquvchilar endi uni dushman va sotqin deyishmoqda

    25.12.2021, 17:51 18821

    Donald Trampning ko‘plab tarafdorlari, xususan, QAnon va boshqa fitna nazariyasi vakillari ortiq uni qo‘llab-quvvatlamayapti va AQSh sobiq prezidentining buster vaksinasi bilan emlanganini bilganlarida keyin uni keskin tanqid qilishga o‘tdi. Bu haqda Rolling Stone nashri ma’lumot bergan.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Tramp ilk bor AQSh prezidenti sifatida ishlayotgan davrida koronavirusga qarshi emlangan, biroq hozirgi davlat rahbari Jo Baydendan farqli ravishda vaksinani omma oldida qabul qilmagan va vaksinatsiyaga qarshi bo‘lganlar ishonchini yo‘qotmaslik uchun emlanganligi haqida gapirmagan. Shunga qaramay Tramp har safar vaksinalarning ishlab chiqilishida hissasi borligi, preparatlar aynan u AQSh prezidenti bo‘lgan vaqtda tayyorlanganini ta’kidlagan, administratsiyasi jarayonda bevosita ishtirok etgani haqida ko‘p marta maqtangan.

    Avgust oyida Tramp buster vaksinalaridan foydalanish g‘oyasini tanqid qilgan va mazkur operatsiya Pfizer uchun pul ishlash imkonini berishi haqida gapirgandi. Sentabrda uning bu boradagi sersavolligi kamaydi va u busterlarga qarshi emasligi, biroq o‘zi bunday tartibda emlanmasligini aytgan. Ammo 21-dekabrda Tramp Dallasda o‘z tarafdorlari bilan uchrashuvda buster vaksinasini qabul qilganini bildirgan.

    Olomon Trampning so‘zlarini yoqimsiz shovqin bilan qarshilagan. Sobiq prezident bunga qo‘l siltagan va mazkur norozilik hayqiriqlari hammaning emas, balki zalning chap tomonidagi juda kichik bir guruh odamlardan chiqqanini aytgan. Shuningdek, u o‘z so‘zlarini takrorlab, AQSh prezidenti bo‘lgan vaqtida vaksina yaratilib butun dunyoda millionlab odamlar hayotini saqlab qolinganini ta’kidlagan. Bir necha kundan keyin Trampning gapirgan gapi Dallasdagi jumlasidan ham oshib tushdi, u COVID-19 ga qarshi vaksinani insoniyat tarixidagi eng buyuk kashfiyotlardan biri deb atadi.

    Rolling Stone nashrining yozishicha Trampning so‘zlari ijtimoiy tarmoqlarda konservativ kayfiyatdagi ultrao‘nglarning keskin noroziligiga sabab bo‘lgan. Ularning ko‘pchiligi vaksinalarning zahar ekanligi va ular orqali farmasevtik kompaniyalar odamlarni zaharlab pul topishi haqidagi fitna nazariyasiga ishonadi. Omma orasida aynan shu nazariyaga ishonuvchi odamlar Trampni qo‘llab-quvvatlashardi, QAnon nazariyasiga ishonuvchilar uchun AQSh sobiq prezidenti dunyoni zo‘ravonlar lobbisidan qutqargan qahramon edi.

    Endi ayrim izoh qoldiruvchilar mazkur gaplardan keyin Tramp hamda uning Respublikachilar partiyasi “ma’naviy ustunligiga” va ularga nisbatan xalqning ishonchiga putur yetkazishi, odamlar endi ularga Jo Bayden hamda demokratlarga ishonganchalik ham ishonmasligi haqida fikr bildirgan. Shuningdek, Tramp tarafdorlari uning boshqaruvi davrida COVID-19 bilan bog‘liq falokat sahnalashtirilgani va ommalashtirilganini qayd etgan. Vaksinalarga qarshi bo‘lgan foydalanuvchilarning jamiyatlarida Nyu-Yorkdagi Tramp Tower binosida joylashgan Trump Grill restoraniga koronavirusga qarshi emlanmaganliklari uchun kiritilmayotgani haqidagi videolar tarqalgan. Mazkur harakat ham ular uchun sobiq prezidentni sotqinga aylantirdi.

    COVID-19 vaksinalariga qarshi chiqadigan taniqli faollardan biri, Infowars loyihasi muallifi Aleks Jons Trampning o‘zining dushmanlari ro‘yxatiga kiritgani haqida ochiq yozgan.

    “Biz bu yerda Bill Geyts, Fauchi va Jo Bayden bilan jang qilyapmiz, endi ularning jamoasiga Tramp ham qo‘shildi”, – deb yozgan Jons.

    QAnon loyihasi asoschilaridan biri Ron Uotkins garchi Trampni to‘g‘ridan to‘g‘ri tanqid qilmagan bo‘lsa ham Donaldning buster haqidagi gaplaridan keyin vaksinalarga qarshi chiquvchilarni dadil bo‘lishga, qo‘rqmaslikka va hech kimga bo‘ysunmaslikka chaqirgan.

    Umuman olganda, fitna nazariyasiga ishonadigan barcha Tramp tarafdorlarining buster vaksinasi haqidagi bayonotdan keyin hafsalasi pir bo‘ldi deb aytish qiyin, deya qayd etgan Rolling Stone. 2020-yildagi saylovlardagi natijalarni bekor qilish uchun kurashgan kampaniyaning markaziy ishtirokchilaridan biri bo‘lgan advokat Lin Vud sobiq prezidentni ushbu gaplari uchun tanqid qilmaslikni so‘ragan.

    “Men prezidentning g‘alabaga erishish uchun ishlab chiqqan strategiyasi va uslubi borasida bir to‘xtamga kelishdan oldin barcha faktlar ma’lum bo‘lmagunigacha kutishimiz kerak, deb hisoblayman”, — deb yozgan Vud Telegram’da.

    QAnon loyihasining muxlislari Trampning bu kabi shov-shuvli bayonotlaridan keyin ko‘pincha bunday gaplar uzoqni ko‘zlab tayyorlangan rejaning bir qismi ekani, mantiq ma’lum vaqt o‘tganidan so‘ng oshkor bo‘lishini taxmin qiladi.

    Mavzuga doir: 

    • Tramp Nyu-York shtati bosh prokurorini sudga berdi
    • Tramp Isroil sobiq bosh vaziri Netanyaxuni xiyonatda aybladi
    • Tramp prezidentlik davri haqida kitob chop etmoqchi

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentning ikki tumanida ichimlik suvi ikki kunga to‘xtatiladi

    Kecha, 23:45

    “Mana bu sochlarga qara. Menda qolgani faqat shular. Urush menga hech narsa bermadi… Tushunyapsanmi, hech narsa…” — “Yetti samuray” filmi haqida

    Kecha, 23:20

    Qorabog‘dagi zapravkada kuchli portlash: qurbonlar va yaradorlar bor (video)

    Kecha, 23:01

    Rossiya Xalqaro jinoiy sud rahbariyatini qidiruvga berdi

    Kecha, 22:41

    “Metsenat.uz” loyihasi yana davom etadi: 30 nafar talabaga 1 yillik to‘liq ta’lim granti

    Kecha, 22:10

    Gunohlarni yuvish marosimi, suvga oqizilgan farovonlik xudosi, qidiruvdagi diktator — 25-sentabr suratlari

    Kecha, 22:03

    “Men boylik uchun turk yigitiga turmushga chiqmaganman” — “Opa-singillar” serialidagi Shahnoza bugungi hayoti va ijodni nega tark etgani haqida (video)

    Kecha, 21:38

    Ramzan Qodirov o‘g‘li Qur’on yoqqan yigitni urganini ko‘rsatdi (video)

    Kecha, 21:25

    O‘zbekistonda yana bir ko‘krak nishon ta’sis etildi. Taqdirlanganlarga 1,3 mln so‘m beriladi

    Kecha, 21:12

    Saida Mirziyoyeva Xitoyning O‘zbekistondagi elchisi Yuy Szyun bilan uchrashdi

    Kecha, 21:05

    Tavsiya etamiz

    Gunohlarni yuvish marosimi, suvga oqizilgan farovonlik xudosi, qidiruvdagi diktator — 25-sentabr suratlari

    22:00 / 25.09.2023

    O‘zbekistondagi bog‘cha va maktab bolalariga berilgan yod ishlab chiqaruvchisi xalqaro qidiruvda ekani aytilmoqda

    18:00 / 25.09.2023

    Rekord o‘rnatgan ayollar, oq tovuqlar so‘yiladigan marosim, 213 yilligini nishonlayotgan davlat — hafta suratlari

    22:00 / 24.09.2023

    “Birinchi raqamli davlat dushmani”: Atlantika uzra yolg‘iz parvoz, o‘lgan o‘g‘il uchun to‘lov va natsistlar qaramog‘iga tushgan afsonaviy uchuvchi — Charlz Lindber...

    22:00 / 23.09.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    O‘zbekiston oktyabr oyidan Rossiyadan gaz import qilishga tayyor — Energetika vazirligi

    16:00 / 25.09.2023

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Oltinga investitsiya kiritish ishonchlimi?

    20:00 / 21.09.2023

    O‘zbekiston uran qazib olish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda. Asosiy ko‘rsatkichlar

    16:00 / 15.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    O‘zbekistondagi bog‘cha va maktab bolalariga berilgan yod ishlab chiqaruvchisi xalqaro qidiruvda ekani aytilmoqda

    18:00 / 25.09.2023

    Rossiya do‘st va neytral davlatlar ro‘yxatini e’lon qildi. Unda O‘zbekiston ham bor

    16:00 / 25.09.2023

    Maktab sinfxonasida doskani urib tushirgan o‘quvchi voqeasiga aniqlik kiritildi

    15:00 / 25.09.2023

    “Million”ning Rossiyadagi konsertida ochiq kiyimda sahnaga chiqqan Nilufar Hamidova “O‘zbekkonsert” tomonidan ogohlantirildi 

    17:00 / 25.09.2023

    Putin Ukraina qarshi hujumini to‘xtatish uchun Shoyguga muhlat berdi — ISW

    20:00 / 25.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?