Daryo

TikTok 2021-yilda Google’ni ortda qoldirib, eng ommabop platformaga aylandi

2020-yilda dastur domeni ommaboplik bo‘yicha yettinchi o‘rinda edi

1 daqiqa o‘qish27 187 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images

TikTok qisqa videoroliklar domeni — TikTok.com 2021-yilda dunyoda eng ko‘p tashrif buyurilgan veb-saytga aylandi va o‘tgan yilgi yetakchi Google’ni ortda qoldirdi. Bu haqda internet-trafikni kuzatib boruvchi Cloudfare ma’lumotlarida aytilgan.

Foto: Getty Images

TikTok birinchi marta fevral oyida Cloudfare ishtirokchilari reytingida eng yuqoriga ko‘tarilgan bo‘lsa, avgust oyidan beri deyarli muntazam ravishda birinchi o‘rinni egallab turibdi. 2020-yilda dastur domeni ommaboplik bo‘yicha yettinchi o‘rinda edi.

Bu yil eng ko‘p tashrif buyurilgan domenlar ro‘yxatida uchinchi o‘rinni Facebook.com egalladi. Undan keyingi o‘rinlarda Microsoft.com, Apple.com, Amazon.com, Netflix.com, YouTube.com va Twitter.com. WhatsApp.com kuchli o‘ntalikni yakunladi.

Reytingni tuzishda Cloudfare veb-saytga tashriflar bilan birga, ijtimoiy tarmoq yoki servisning dasturi haqidagi ma’lumotlarni ham hisobga oldi, deyiladi kompaniya xabarida.

TikTok qisqa videoroliklarni yaratish va ko‘rish xizmati Xitoyning ByteDance kompaniyasiga tegishli. 2018-yilda dastur butun dunyo foydalanuvchilariga taqdim etilgan va keng ommalasha boshlagan. 2021-yilning sentabr oyi oxirida TikTok oylik auditoriyasi bir milliard foydalanuvchidan oshganini e’lon qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, iyul oyida O‘zbekistonda TikTok va Twitter’ning ochilishi sekinlashdi. 2-iyul kuni esa O‘zbekistonda ayrim ijtimoiy tarmoqlar, xususan, TikTok’dan foydalanish rasman cheklandi.

15-dekabr kuni Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash fondi raisi Komil Allamjonov TikTok ijtimoiy tarmog‘i vitse-prezidenti, doktor Teo Bertram va kompaniyaning mas’ul xodimlari bilan onlayn uchrashuv o‘tkazganini ma’lum qildi. Uchrashuvda o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilingan. Allamjonov kompaniya vakillariga tarmoqning ichki normalari va ayrim tartib-qoidalarini ko‘rib chiqish, uni O‘zbekiston qadriyatlari, urf-odat va mentalitetiga moslash bo‘yicha takliflar bergan.

Mavzuga doir: TikTok Facebook’ni ortda qoldirib, butun dunyoda eng ko‘p yuklab olingan dasturga aylandi

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar