Daryo

Fransiyada bir sutkada 73 mingdan ortiq kishida koronavirus aniqlandi — bu yangi antirekord

“Oy oxirigacha kunlik yuqtirishlar soni 100 mingdan oshib ketadi”, — dedi Fransiya sog‘liqni saqlash vaziri

1 daqiqa o‘qish21 484 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images

Fransiyada so‘nggi 24 soat ichida yana 73 mingdan ortiq kishida COVID-19 infeksiyasi qayd etildi. Bu pandemiya boshidan beri yangi antirekord, deyiladi BFMTV xabarida.

Foto: Getty Images

“Rojdestvo va Yangi yil oralig‘idagi davrda Fransiya bo‘ylab koronavirusning ‘omikron” shtammi ustunlik qiladi”, — dedi mamlakatning Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Olive Veran.

Uning qo‘shimcha qilishicha, hukumat kasallanishning bundan-da ko‘proq holatlarini prognoz qilmoqda. “Oy oxirigacha kunlik yuqtirishlar soni 100 mingdan oshib ketadi”, — dedi vazir.

Veranning so‘zlariga ko‘ra, “omikron” tez tarqalmoqda — hozirda kasallanish bo‘yicha yangi holatlarning, taxminan, 20 foizini; Parij va uning atrofida esa taxminan 35 foizini mazkur shtamm tashkil qilmoqda.

Bungacha Fransiyada bir sutkada rekord darajada ko‘p odamda virus aniqlangan holat dekabr oyining boshida kuzatilgandi — 59 019 kishi.

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Fransiyada koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 8,8 million kishiga yetgan, qariyb 113 ming kishi infeksiya qurboni bo‘lgan, shuningdek, mamlakatda 118 725 069 dozada koronavirusga qarshi vaksina ishlatilgan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar