Daryo

Qat-qat xamir ichiga solib pishiriladigan baliq retsepti

Taomni limon bo‘laklari bilan bezatib, dasturxonga torting

1 daqiqa o‘qish44 364 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Hi-chef.ru”

Ushbu yegulik bayram dasturxoni uchun ayni muddao.

Foto: “Hi-chef.ru”
Kerakli mahsulotlar:
  • qizil baliq – 500 gramm;
  • kartoshka – 400 gramm;
  • qat-qat xamir – 260 gramm;
  • zaytun yog‘i – 3 osh qoshiq;
  • tuxum sarig‘i – 1 dona;
  • tuz va ziravolar.
Tayyorlanish jarayoni:
  1. Kartoshka tuzli suvda qaynatib olinadi. Pishgach pyure tayyorlanadi.
  2. Baliq go‘shtiga zaytun yog‘i, tuz va ziravorlar sepiladi.
  3. Tovada ikki tomoni qizarguncha qovuriladi.
  4. Xamir yoyilib, dastlab pishirilgan baliq qo‘yiladi.
  5. Ustidan pyure bir tekisda solinadi.
  6. Xamirning ikki chet qismi kesilib, baliq usti o‘ram shaklida yopiladi.
  7. Tuxum sarig‘i surtilib, 180 daraja pechga 20 daqiqaga qo‘yiladi.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar