Daryo

O‘zbekistonda oktabr oyida har 5 daqiqada 1 ta Cobalt ishlab chiqarilgan

Avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2021-yilning oktabr oyida 9138 dona Cobalt ishlab chiqarilgan

1 daqiqa o‘qish53 012 ko‘rishlar0 izoh0

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2021-yilning yanvar—oktabr oylarida 52 454 dona Cobalt ishlab chiqarilgan.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
2021-yilning yanvar—oktabr oylarida quyidagi avtomobillar ishlab chiqarilgan:
  • Cobalt – 52 454 dona;
  • Damas – 45 644 dona;
  • Lacetti–Gentra – 37 557 dona;
  • Nexia T-250 – 21 578 dona;
  • Labo – 12 693 dona;
  • Spark – 7 264 dona.
Shuningdek, qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2021-yilning oktabr oyida 9138 dona Cobalt ishlab chiqarilgan. Bu har 5 daqiqada bir dona Cobalt konveyerdan chiqdi degani. Quyida oktabr oyida ishlab chiqarilgan avtomobillar va ularning soni:
  • Cobalt – 9 138 dona ;
  • Lacetti–Gentra – 7 478 dona;
  • Nexia T-250 – 5 099 dona ;
  • Damas – 3 288 dona ;
  • Labo – 1 637 dona;
  • Spark – 367 dona.
Ma’lumot uchun, avgust oyida 2 ta, sentabr oyida 3 811 ta Lacetti–Gentra ishlab chiqarilgandi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda Damas sotib olish uchun navbatda turganlar 26 ming kishidan oshdi

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar