Daryo

Makron Fransiya bayrog‘idagi ko‘k rangni almashtirdi. Ammo buni hech kim payqamadi

Fransiyaning avvalgi bayrog‘idagi ko‘k rang jilosi ancha yorqin edi

1 daqiqa o‘qish76 828 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Steppe

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 2020-yilning iyulida Fransiya davlat bayrog‘idagi ko‘k rang jilosini o‘zgartirgan. Bu haqda Europe 1 radiostansiyasida ma’lum qilindi, deb xabar beradi Meduza. Ta’kidlanishicha, Le Parisien va Le Figaro nashrlariga ushbu ma’lumotlarni Yelisey saroyi — Fransiya prezidentining rasmiy qarorgohi tasdiqlagan.

Foto: Steppe

Oldinlari Fransiya bayrog‘idagi ko‘k rang jilosi ancha yorqin edi. Uni 1976-yilda Fransiya prezidenti Valeri Jiskar d’Esten bayroq Yevropa iqtisodiy hamjamiyati (keyinroq Yevropa Ittifoqiga aylangan) bayrog‘i rangiga mos kelishi uchun joriy etgan.

Makron fransuz bayrog‘iga Fransiya inqilobidan 1976-yilgacha foydalanilgan ancha to‘qroq ko‘k rangni qaytargan.

Ko‘k rangning almashtirilishi Yelisey saroyida ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan. Fransuz jurnalistlari Eliot Blonde va Pol Larrutyuru tomonidan yozilgan Yelisey saroyi haqidagi kitobda qayd etilishicha, ushbu yangilik tashabbusini tezkor ishlar bo‘yicha direktor Arno Jolans ilgari surgan.

Yelisey saroyi Fransiya bayrog‘idagi ko‘k rang jilosining o‘zgarilishini ommaviy e’lon qilmagan va mamlakatdagi barcha davlat bayroqlarini almashtirish tashabbusini surmagan. Shu bilan birga, bayroqning yangi varianti 2018-yildan buyon Makronning rasmiy chiqishlarida foydalanilmoqda. Shuningdek, u Yelisey saroyi va boshqa rasmiy binolarga ilingan.

Mavzuga doir: Ko‘rgazmaga tashrif buyurgan Fransiya prezidentiga tuxum uloqtirishdi (video)

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar