Bloger Jahongir Latipov “Uznews” sayti uchun O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi prezidenti Salim Abduvaliyev bilan intervyu tashkillashtirdi. Intervyu davomida Salim Abduvaliyev blogerga o‘zi yashaydigan hashamatli uyi va qimmatbaho avtomobillarini ko‘rsatgan.
Salim Abduvaliyev katta hududda joylashgan hovlisidagi imoratlar o‘zi sevgan mamlakat — Italiya arxitekturasidan ilhomlanib, bezak berilganini aytadi.
Videoda Salim Abduvaliyevning hovlisida Lexus, Mercedes-Maybach, Rolls-Royce markalarining bir nechta avtomobillari bo‘lib, ularning aksariyatining davlat raqam belgisi — 010 ekanligini ko‘rish mumkin.


Mavzuga doir: “Ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan hashamat”. Salim Abduvaliyevning 7 gektar maydonda joylashgan dachasiga sayohat (video)








