Daryo

Foto: “Umrboqiylar” filmi qahramonlarining kostyumidagi Lexus avtomobillari

“Abadiylar” filmining sherigiga aylangan Lexus kompaniyasi kinolenta targ‘ibotiga nostandart yondashishga qaror qildi

2 daqiqa o‘qish37 552 ko‘rishlar0 izoh0
Ikaris (Ikaris) — Lexus LS Foto: Lexus

“Umrboqiylar” filmining sherigiga aylangan Lexus kompaniyasi kinolenta targ‘ibotiga nostandart yondashishga qaror qildi: marka kartinaning asosiy 10 ta qahramoniga bag‘ishlangan har bir model uchun alohida livreya tayyorladi. Masalan, GX’ga Salma Xayek ijro etayotgan Ayak kostyumi “kiygizilgan”. Avtomobillarning barchasi shou-kar maqomida bo‘lib, erkin savdoga chiqarilmaydi, deb xabar beradi Motor.

Foto: Lexus / Marvel

Lexus’dagilarning ma’lum qilishicha, livreya qahramonlarning kostyumlaridagi naqshlar va ranglar gammasini takrorlaydi, ularning har biri uchun modellar shunday tanlanganki, mashina qahramonning asosiy super kuchini ifodalaydi. Bunga tezkor RC F Track Edition va o‘ta tez harakatlanish qobiliyatiga ega Makkari (Loren Ridloff) misol sifatida keltirilgan. Qolgan modellar bilan ham xuddi shunday yo‘l tutilgan.

Sprayt (Sprite) — Lexus NXFoto: Lexus
Ayak (Ajak) — Lexus GXFoto: Lexus

Bu Lexus’ning “Umrboqiylar”ga bag‘ishlangan birinchi reklamasi emas. Oktabr boshida aka-uka Entoni va Jo Russo (“Qasoskorlar: Final” rejissorlari) Lexus IS 500 ishtirokida qisqa metrajli filmni suratga olgandi. Rolikdagi voqealar “Umrboqiylar” olamida sodir bo‘lgan: Kumeyl Nanjiani (Kingo rolini ijro etgan) o‘zining IS 500 modeli uchun avtoturargohdan bo‘sh joy topa olmagani uchun buyuk jangga kechikib keladi. Rolik shiori: “yangi IS 500 abadiy quvonch ulashadi”, uning sakkiz silindrli motori “albatta, sizga kosmik bo‘lmasa ham, shuncha o‘xshash  kuch taqdim etadi”.

Lexus avtomobillar filmning o‘zida ham paydo bo‘lishi kutilmoqda. Lenta uchun IS 500, LS 500 sedani va yangi avlod NX krossoveri tasdiqlangan.

Mavzuga doir: Marvel Anjelina Joli, Salma Xayek va Kit Xarington ijrosidagi “Abadiylar” filmining final treylerini e’lon qildi

Gilgamesh (Gilgamesh) — Lexus LXFoto: Lexus
Sersi (Sersi) — Lexus RC FFoto: Lexus
Druig (Druig) — Lexus GXFoto: Lexus
Ikaris (Ikaris) — Lexus LSFoto: Lexus
Makkari (Makkari) — Lexus RC F Track EditionFoto: Lexus
Fina (Thena) — Lexus LCFoto: Lexus
Kingo (Kingo) — Lexus IS 350Foto: Lexus
Fastos (Phastos) — Lexus LXFoto: Lexus
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar