Daryo

Video: Toyota Supra’sini tanasi bilan do‘ldan himoya qilayotgan haydovchi

Videorolik e’lon qilinganidan bir necha soat o‘tib 900 mingdan ortiq tomosha qilingan va 72 mingdan ziyod layk to‘plagan

1 daqiqa o‘qish46 230 ko‘rishlar0 izoh0
Kadr: TikTok

Jeyk Makgloyn ismli TikTok foydalanuvchisi derazadan turib olingan qisqa video bilan bo‘lishdi. Avstraliyaning Sidney shahrida istiqomat qiluvchi erkak Toyota Supra’ni do‘ldan himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilgan missiyani tasvirga olishga muvaffaq bo‘lgan. Erkak avtomobilini himoya qilish uchun tabiiy ofatni o‘z tanasiga qabul qilgan, deb xabar beradi Motor.

Kadr: TikTok

Videodagi holat Jeyk Makgloyn yashaydigan uy oldida joylashgan avtoturargohda sodir bo‘lgan. Kadrda do‘l vaqti tanasi bilan kumushrang Toyota Supra’sini to‘sishga uringan noma’lum erkak tasvirlangan. Sportkar egasi noqulay ob-havo sharoitiga mashina old oynasini karton bilan, orqa qismini esa qora mato bilan yopish orqali tayyorgalik ko‘rgan. Ammo kuchli shamol himoya materiallarini ko‘tarib tashlagan. Avtomobiliga shikast yetmasligi uchun erkak tanasi bilan sportkarni to‘sgan.

Videorolik e’lon qilinganidan bir necha soat o‘tib, u 900 mingdan ortiq tomosha qilingan va 72 mingdan ziyod layk to‘plagan. Keyinroq sportkar egasi video ostidagi izohga mashinaga ham, o‘ziga ham shikast yetmaganini yozib qoldirgan. Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari erkakni fidoiyligi uchun maqtab, keyingi safar himoya g‘ilofidan foydalanishni tavsiya qilgan.

Avvalroq internetda Germaniyaning Leverkuzen shahrida Audi’ga tegishli dilerlik markazlaridan birining birinchi qavatidan turib olingan video tarqalgandi. Rolik muallifi kuchli yog‘ingarchilik sabab yuzaga kelgan suv toshqinlari oqibatida yangi avtomobillarga yetgan zararni kameraga muhrlagan.

Mavzuga doir: Video: Karton qutilari ustiga kelib “qo‘ngan” Toyota Supra’ning ekstremal parvozi

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar