Daryo

Xiaomi avtonomligi 8 kunga yetadigan Mibro Lite “aqlli” soatini taqdim etdi

Soatga 1,3 dyuymli AMOLED-displey o‘rnatilgan bo‘lib, u diametri 43 millimetr bo‘lgan korpusga joylashadi

1 daqiqa o‘qish35 004 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Gizmochina

Xiaomi kompaniyasi yumaloq ekran va texnik tavsifi yaxshi bo‘lgan hamyonbop “aqlli” soatni taqim etdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: Gizmochina

Mibro Lite nomini olgan soatga 1,3 dyuymli AMOLED-displey o‘rnatilgan bo‘lib, u diametri 43 millimetr bo‘lgan korpusga joylashadi. Hoshiyalar ancha ingichka, displey esa 2,5D shishasi bilan himoyalangan.

Soatlarning o‘zi suv va changdan IP68 standarti bo‘yicha himoyaga ega. Bu soat 1—2 metr chuqurlikdagi suvda 30 daqiqagacha bardosh bera olishini anglatadi.

Qurilma ichiga sig‘imi 230 mA/soatga teng akkumulyator o‘rnatilgan bo‘lib, u soatning 8 kungacha ishlashini ta’minlaydi. “Aqlli” funksiyalariga kelinadigan bo‘lsa, devaysda yurak urishi chastotasini o‘lchash datchigi, pulsoksimetr, 15 ta sport rejimi va uyquni kuzatish imkoniyati bor. Soat ham Android, ham iOS qurilmalar bilan ishlay oladi. Sozlamalari orqali rus tilini o‘rnatish mumkin.

Smart-soatni AliExpress’dan 4,5 ming rublga (62 dollarga) xarid qilish mumkin. Jamlanmasidan besh xil rangdagi tasmalardan biri ham o‘rin oladi.

Avvalroq Xiaomi kamera, 4G va keng sig‘imli akkumulyatorga ega “aqlli” soatini 60 dollardan arzonroqqa sotishni boshlagani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar