Daryo

Dunyodagi eng yaxshi displeyga ega smartfon nomi e’lon qilindi

“Smartfonlar orasidagi eng yaxshi displey” nomiga iPhone 13 Pro Max sazovor bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish41 304 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Gizmochina

DispleyMate laboratoriyasi yangi iPhone’lar ekranlarini testdan o‘tkazib, nafaqat Apple smartfonlari, balki boshqa brendlarning qurilmalari orasidagi yetakchini aniqladi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: Gizmochina

“Smartfonlar orasidagi eng yaxshi displey” nomiga iPhone 13 Pro Max sazovor bo‘lgan. DispleyMate testlarida ushbu model A+ displeyining eng yuqori ishchanligini ko‘rsatgan.

Shuningdek, smartfon mavjud barcha shu kabi qurilmalar orasida eng yuqori yorqinlikka ega ekranga aylangan: oddiy kontent uchun eng yuqori yorqinlik 1000 nit va HDR uchun 1200 nit. Ranglarni uzatishdagi mutlaq aniqlik, kontrast bo‘yicha eng yuqori koeffitsient hamda ekran akslanishining eng past koeffitsiyenti ham iPhone 13 Pro Max’ga tegishli.

Apple’ning yangi seriyasidan o‘rin olgan ikkala Pro-modellar ham ProMotion texnologiyasiga asoslangan Super Retina XDR displeylariga ega bo‘lgan. Bu ekran namoyish etilayotgan kontentdan kelib chiqib, 10 gertsdan 120 gertsgacha bo‘lgan o‘zgaruvchan yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlashini bildiradi. Bu kabi funksiya iPhone’larda birinchi bor paydo bo‘lgan, u batareya sarfini kamaytirishga xizmat qiladi.

Avvalroq iPhone 13 Pro Max kamerasi Galaxy S21 Ultra’niki bilan taqqoslangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: iPhone 13 taqdimoti: kichraytirilgan “qosh” va Android’dagi uzoq kutilgan “fishka”lar (foto va video)

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar