Daryo

Noyob Nissan Nismo 42 ming dollardan qimmatroqqa sotilmoqda. Model 30 nusxada yig‘ilgan

Sportkar 1994-yildan buyon 128 ming kilometr yo‘l bosgan bo‘lib, zavoddan chiqqandagi ehtiyot qismlarini saqlab qolgan

2 daqiqa o‘qish26 397 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: CollectingCars

CollectingCars onlayn-auksionida Nissan Silvia S14 ning 30 nusxada yaratilgan Nismo 270R modifikatsiyalaridan biri sotuvga qo‘yildi. Sportkar 1994-yildan buyon 128 ming kilometr yo‘l bosgan bo‘lib, zavoddan chiqqandagi ehtiyot qismlarini saqlab qolgan. Ayni vaqtda cheklangan nusxadagi model 42,250 dollarga baholanmoqda, deb xabar beradi Motor.

Foto: CollectingCars

Nissan Silvia S14 ning Nismo 270R modifikatsiyasi 1994-yildan boshlab ishlab chiqarilgan. Muhandislar bir yillik ishlab chiqarish davomida sportkarning 30 nusxasini yig‘gan bo‘lib, ular kuzovining rangi, sport “obvesi”, shuningdek, 17 dyuymli g‘ildirak diskalari va bortlaridagi “Nismo 270R” yozuvi bilan ajralib turgan. Bundan tashqari, zavoddagi tyuning vaqtida mashinaning “podveska”siga muqobil prujina va amortizatorlar, kuchaytirilgan mufta va kuzovga qo‘shimcha tirgaklar o‘rnatilgan.

Foto: CollectingCars

Maxsus versiyaning interyeri original o‘rindiqlar qoplamasiga va uch kegayli sport rul chambaragiga ega bo‘lgan. Modeldagi asosiy o‘zgarish ikki litrli turbomotori bo‘lib, uning yordamida dvigatel 220 dan 270 gacha ot kuchini taqdim eta oladi. Agregat besh pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi.

Sotuvga qo‘yilgan nusxa seriyadagi 29-avtomobil hisoblanadi. 27 yillik foydalanish davomida model 128 ming kilometr yo‘l bosgan. Bir necha yil avval Nissan Silvia’ning “podveska”si original ehtiyot qismlardan foydalangan holda ta’mirlangan, shuningdek, kuzovi bo‘yalgan.

Foto: CollectingCars

Foydalanilganidan darak beruvchi ayrim jihatlari inobatga olinmasa, avtomobil ajoyib holatda saqlangan. Ayni vaqtda noyob Nissan Silvia S14 Nismo 270R uchun 42 250 dollar taklif etilmoqda.

Foto: CollectingCars
Foto: CollectingCars
Foto: CollectingCars
Foto: CollectingCars
Foto: CollectingCars
Foto: CollectingCars
Avvalroq Kanadada Nissan’ini dilerlik markaziga tashlab ketgan erkak xodimlardan biri uning mashinasini katta tezlikda haydaganini payqab qolgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Foto: 900 ot kuchiga ega dvigatel o‘rnatilgan tillarang Nissan GT-R

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar