• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Rossiyaning Perm davlat universitetiga qurollangan talaba hujum qildi. 8 kishi halok bo‘ldi, 20 dan ortiq odam yaralandi (video)

    20-sentabr kuni ertalab Rossiyaning Perm davlat milliy tadqiqot universitetiga qurollangan shaxs hujum qildi, deb yozadi Meduza.

    Guvohlar olgan videodan kadr

    Guvohlar olgan videodan kadr
    Foto: Meduza

    Taxminan soat 11 larda avtomat ko‘targan harbiy kiyimdagi shaxs kampusda o‘t ochgan, shundan so‘ng u universitetning sakkizinchi korpusiga kirgan. Hujumchi kamida 30 marta o‘q uzgan, taxminlarga ko‘ra, o‘qlar Huglu 12 kalibrli silliq stvolli quroldan otilgan. Universitetda barcha darslar bekor qilindi.

    Hodisa tufayli talabalar derazalardan tashqariga sakragan. Ko‘pchilik o‘z sinfxonasida barrikadalar qurib o‘ralib olgan. Shu bilan birga, talabalarning so‘zlariga ko‘ra, o‘qituvchilardan kamida bittasi, otishma boshlanganidan so‘ng, darsni to‘xtatib, kirish yo‘lini to‘sib qo‘yishdan bosh tortgan va ma’ruza materiallarini tekshirishini aytgan. O‘qituvchining ismi oshkor qilinmadi.

    Tergov qo‘mitasi xabariga ko‘ra, otishmada sakkiz kishi halok bo‘lgan. Dastlab, besh kishi halok bo‘lgani, yana olti kishi jarohatlangani xabar qilingandi. Sog‘liqni saqlash vazirligi 19 kishi jarohat olganini aytmoqda (“112” ma'lumotlariga ko‘ra, 20 kishi yaralangan). Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, boshqalar qatorida, universitet soqchilari ham jarohat olgan, ulardan biri halok bo‘lgani haqida xabar berilgan. Jabrlanganlarning yetti nafari kasalxonaga yotqizildi: ulardan biri og‘ir ahvolda, qolganlari — o‘rtacha og‘irlikdagi holatda.

    Universitet nazorat-o‘tkazish punkti

    Universitetga hujum qilgan shaxs qo‘lga olindi, deya ma’lum qildi Tergov qo‘mitasi. Dastlab uning o‘ldirilgani haqida xabar berilgan, ammo bu ma'lumot tasdiqlanmagan. Hibsga olish paytida o‘q otuvchi qurolli qarshilik ko‘rsatgan va yaralangan. Keyinchalik, universitet “VKontakte”da hujumchi o‘ldirilgani haqida xabar berdi, ammo biroz o‘tib bu xabar universitet sahifasidan g‘oyib bo‘ldi.

    “112” va Baza yozishicha, o‘t ochgan shaxs — 18 yoshli Timur Bekmansurov. Tergov qo‘mitasi ma’lum qilishicha, otishma universitet talabasi tomonidan uyushtirilgan. Mash xabariga ko‘ra, u universitetning yuridik fakultetida “Sud ekspertizasi” mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan. Hodisadan avval Bekmansurov ijtimoiy tarmoqlarda o‘z harakatini terakt deb hisoblamasliklarini so‘rab, post qoldirgan. Unda hujumchi  ekstremistik tashkilotlarga a’zo emasligini ta’kidlagan. Uning postida shunday jumlalar bor: “Men o‘zimdan nafratlanaman, lekin yo‘limga to‘siq bo‘ladiganlarning barchasiga alam keltirishni xohlayman”.

    Universitet binolarining xavfsizligini Arsenal-Region kompaniyasi ta’minlaydi. Kompaniya ilgari  litsenziyasiz ishlagani uchun javobgarlikka tortilgan, deb yozadi “Mojem obyasnit” Telegram-kanali. Joriy yilning boshida universitet firma bilan oliygohni yanvar-fevral oylarida qo‘riqlash bo‘yicha shartnoma tuzgan, ammo, kompaniyaning o‘zi jurnalistlarga ma’lum qilishicha, u universitetni qo‘riqlashda davom etmoqda. 2019-yilda kompaniyaga litsenziyasiz ishlagani uchun ogohlantirish berilgandi.

    “Arsenal-Region”dagilar da’vo qilishicha, qo‘riqchilar hujumdan keyin favqulodda xizmatlarni chaqirgan, ammo u yerda qo‘ng‘iroqqa hech kim javob bermagan. Hujum chog‘ida uchta trevoga tugmasini bosishgan. Guvohlar aytishicha, 20-sentabr kungi otishma chog‘ida universitetda trevoga ishga tushmagan, mahalliy radio orqali ham hech qanday e’lon aytilmagan.

    Rossiya Tergov qo‘mitasi ikki va undan ortiq odamning o‘ldirilishi moddasi bo‘yicha jinoiy ish ochdi. Perm o‘lkasi gubernatori Dmitriy Maxonin universitetga jo‘nab ketdi. Rossiya Federatsiyasi bosh vaziri Mixail Mishustin topshirig‘i bilan sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko hamda fan va oliy ta’lim vaziri Valeriy Falkov Permga uchib ketmoqda.

    20.09.2021, 13:48   Izoh (0)   82885
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Tolibon”dan qochish. Eng taniqli siyosatchi ayollar Afg‘onistondan chiqib ketishga qanday muvaffaq bo‘ldi?

    20.09.2021, 12:26

    Afg‘oniston sobiq prezidenti Hamid Karzay “Tolibon” siyosatini tanqid qilib chiqdi

    19.09.2021, 22:57

    “Tolibon” Afg‘onistonda Ayollar masalalari bo‘yicha vazirlikni tugatdi

    19.09.2021, 21:56

    Artur Konan Doyl asaridagi reja asosida real hayotda amalga oshirilgan olamshumul o‘g‘rilik – Beyker-Stritdagi bankning o‘marib ketilishi haqida

    19.09.2021, 19:37

    NYT: Isroil maxfiy xizmati eronlik yadrochi olimni qotil robot yordamida o‘ldirgan

    19.09.2021, 18:36

    AQShda millioner Robert Dyorst 21 yil avvalgi qotillikda aybdor deb topildi. U jinoyatlari to‘g‘risida o‘zi haqidagi serialni suratga olish chog‘ida bilmasdan ayti...

    19.09.2021, 17:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Belgiya hududi orqali Isroilga harbiy yuk tashishni taqiqladi

    Dunyo | 8 avgust, 12:15

    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling!

    Reklama | 8 avgust, 12:07

    Ishtahani kamaytirib, ozishga yordam beradigan 7 ta foydali mahsulot

    Salomatlik | 8 avgust, 12:05

    AQSH Venesuela prezidenti Nikolas Maduro boshi uchun 50 mln dollar mukofot puli e’lon qildi

    Dunyo | 8 avgust, 11:52

    Janglar tufayli 22 mingdan ortiq somalilik o‘z uyini tark etgan — BMT

    Dunyo | 8 avgust, 11:40

    Instagram: Toshkentda konsert bergan Jey Lo, farzandini uyga olib chiqqan Afruza, Madina Tojiboyevaning to‘yidan reportaj

    Layfstayl | 8 avgust, 11:36

    Ukrainadagi urushni tugatishning 5 ta yo‘li ma’lum qilindi

    Dunyo | 8 avgust, 10:55

    O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 10:52

    Sog‘liqni saqlash vazirligi soxta tabiblardan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 10:36
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.