YouTube’dagi “Garaj-54” kanalining mualliflari “Jiguli”ni yetti o‘q va 14 g‘ildirakli avtomobilga aylantirdi. Novosibirsklik ustalar “VAZ-2106”ning orqa qismiga beshta ko‘prikdan iborat trapetsiyani payvandlagan, bunda dvigatel bitta o‘qni harakatga keltiradi, qolgan 10 ta g‘ildirak ishqalanish hisobiga aylanadi, deb xabar beradi Motor.

Kadr: YouTube

Ustalar g‘ildiraklar uyumidan ishlangan piramidani “qo‘l ostidagi bor narsa”dan yiqqan. Nam qoplamali yo‘lda 14 g‘ildirakli “Jiguli” qiyinchilik bilan qimirlagan va yo‘lda kichikroq ko‘tarilishni bosib o‘tgan.

Donor “Jiguli”ga 65 ot kuchini taqdim etuvchi 1,3 litrli original motor emas, balki Toyota’ning 2,0 litrli dvigateli o‘rnatilgani sabab tortish borasida muammo kuzatilmagan, dastlabki ikki uzatmada “maxluq-sedan” tezlanishni yaxshi olgan. Boshqaruv oson: gidrokuchaytirgichsiz ham rul osonlikcha buriladi.

Ammo 14 g‘ildirakli “Jiguli”da qulaylik yo‘q, chunki “podveska” deyarli mavjud emasligi sabab notekisliklardagi zarblarni faqat shinalar qaytaradi.

Bunga qadar “Garaj 54” kanali blogerlari “Oka” avtomobilini suzishga “o‘rgatgan”, “Jiguli”ga “ZIL-130” dvigateli o‘rnatish loyihasini yakuniga yetkazgan edi.