Daryo

Dehqonobodda 19 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Nexia jarlikka quladi

Ayni paytda haydovchining ahvoli yaxshiligi aytilmoqda

1 daqiqa o‘qish47 582 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Dehqonobod tuman hokimligi

Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida harakatlanib ketayotgan Nexia boshqaruvni yo‘qotib, 15 metr chuqurlikdagi jarlikka qulab tushgan. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Dehqonobod tuman hokimligi

Qayd etilishicha, voqea sodir bo‘lgan paytda Nexia boshqaruvida 19 yoshli dehqonobodlik haydovchi S.J. bo‘lgan.

Hokimlik axborot xizmatining tuman Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i Bahrom Nazarovga tayanib xabar berishicha, voqea bugun, 5-sentabr kuni soat 13:30 larda M39 Olmaota—Toshkent—Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Dehqonobod tumanidan o‘tuvchi 1283-kilometrida sodir bo‘lgan.

“Haydovchi bilan suhbatlashganimizda u tog‘asinikiga ketayotganda tobi qochib qolib, boshqaruvni yo‘qotganini va oqibatda avtohalokat sodir bo‘lganini aytdi. Shunga qaramasdan haydovchini shifokor ko‘rigidan o‘tkazganimizda, haydovchi hushyor holatda bo‘lgani, spirtli ichimlik iste’mol qilmagani ma’lum bo‘ldi”, — deydi Bahrom Nazarov.

Foto: Dehqonobod tuman hokimligi

Bahrom Nazarovning qo‘shimcha qilishicha, YTH sodir bo‘lgan paytda mashinada haydovchining o‘zi bo‘lgan. Ayni paytda haydovchining ahvoli yaxshiligi aytilmoqda.

Avvalroq Sirdaryoda Nexia piyodani urib, voqea joyidan qochib ketgani, jabrlanuvchi esa hodisa joyida vafot etgani xabar berilgandi. Mavzuga doir: 

Qashqadaryodanman. 2012-yil O‘zMUning jurnalistika fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2018-yildan beri ishlayman. Yoqtirgan kino va filmlarim ko‘p, ammo ular orasida “Jigar” bo‘lakcha. Kitoblardan esa Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar asari yoqadi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar