Daryo

“Maqom bo‘yicha yer yuzida bitta qahramon bor”. Ozodbek Nazarbekov Munojot Yo‘lchiyevaning xonadoniga bordi (foto, video)

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Prezident farmoniga asosan “O‘zbekiston qahramoni” unvoni berilgan san’atkor Munojot Yo‘lchiyevaning xonadoniga tashrif buyurdi

1 daqiqa o‘qish89 210 ko‘rishlar0 izoh0

Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoniga asosan O‘zbekiston xalq artisti Munojot Yo‘lchiyevaga “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni berilib, oliy nishon — “Oltin yulduz” medali topshirildi.

Foto: Madaniyat vazirligi matbuot xizmati

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Prezident farmoniga asosan  “O‘zbekiston qahramoni” unvoni berilgan san’atkor Munojot Yo‘lchiyevaning xonadoniga tashrif buyurdi.

Ozodbek Nazarbekov Munojot Yo‘lchiyevani tabriklar ekan, bu unvon juda katta e’tibor, e’tirof ekanligini alohida ta’kidlab o‘tib, “hozirgacha maqom san’atida qahramon unvonini olgan odam — yer yuzida bitta odam”, — deya Munojot Yo‘lchiyevani samimiy muborakbod etdi.

Ma’lumot uchun, Munojot Yo‘lchiyeva 1960-yil, 26-noyabr kuni Andijon viloyati, Buloqboshi tumanida dunyoga kelgan. Munojot Yo‘lchiyeva AQSh va Buyuk Britaniyaning o‘nlab shaharlarida, shuningdek Yaponiya, Xitoy, Koreya, Hindiston, Italiya, Shveysariya, Braziliya, Germaniya, Ispaniya, Belgiya, Fransiya, Rossiya, Hindiston singari davlatlarda gastrol konsertlarini taqdim etgan. 1997-yilda Sharq taronalari 1-xalqaro musiqiy festivalida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan. 1994-yilda O‘zbekiston xalq artisti, 1998-yilda “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlangan. Munojot Yo‘lchiyeva bugungi kunda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar