Daryo

Samsung Galaxy A03s: HD+ ekranli, uchtalik kamera va 5000 mA/soatli akkumulyatorga ega hamyonbop model taqdim etildi

Smartfon MediaTek Helio P35 protsessorida ishlaydi

1 daqiqa o‘qish76 564 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Samsung Galaxy A03s smartfoni HD+ sifatni qo‘llab-quvvatlaydigan 6,5 dyuymli Infinity-V displeyiga ega bo‘ladi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Smartfon MediaTek Helio P35 protsessorida, 2,3 gigagerts takt chastotasiga ega sakkiz yadroli ARM Cortex-A52 va IMG PowerVR GE8320 grafik tezlashtirgichida ishlaydi. Model Android 11 ning One UI 3.1 Core operatsion tizimida boshqariladi.

Uchtalik kamera f/2,2 diafragmali 13 megapikselga teng asosiy datchik, shuningdek, makro suratlarga olishlar uchun 2 megapikselli modul va chuqurlikni o‘lchovchi 2 megapikselli datchikni o‘z ichiga olgan. Frontal kamerasi esa 5 megapikselni tashkil etadi.

Akkumulyator sig‘imi katta — 5000 mA/soat (15 vattda quvvatlanish imkoniyatiga ega). Bundan tashqari, qurilmaning yon tomonida barmoq izi skaneri joylashgan, smartfon Wi-Fi, Bluetooth 5, naushniklar uchun 3,5 millimetrli va USB Type-C portlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Qurilmaning 3/32 gigabaytli versiyasi narxi 155 dollardan, 4/64 gigabaytlisi esa 170 dollardan boshalanadi.

Avvalroq Samsung egiluvchan ekranga ega yangi smartfoni — “raskladushka” va “kitobcha”ni taqdim etgani, Samsung’ning rulon smartfoni foydalanuvchilarni hayron qoldirgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar