Daryo

Jahongir Xo‘jayev sotib olganiga bir kun bo‘lgan Ford Mustang avtomobilida avariyaga uchradi (foto va video)

Qayd etilishicha, Jahongir Xo‘jayev o‘zining Ford Mustang rusumli mashinasida Nexia avtomobili bilan to‘qnashib ketgan

1 daqiqa o‘qish195 652 ko‘rishlar0 izoh0

Davomi: Jahongir Xo‘jayevning Mustang‘i avariyaga uchragan vaqtda rulda boshqa odam bo‘lgani aniqlandi

Komik aktyor va boshlovchi Jahongir Xo‘jayev sotib olganiga bir kun bo‘lgan Ford Mustang avtomobilida YTHga uchradi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan suratlardan ma’lum bo‘lishicha, yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi Kichik halqa yo‘lida sodir bo‘lgan.

Qayd etilishicha, Jahongir Xo‘jayev o‘zining Ford Mustang rusumli mashinasida Nexia avtomobili bilan to‘qnashib ketgan. Jahongirning o‘zi YTH haqida hozircha ma’lumot bermagan.

Foto: Instagram

Ma’lumot uchun, Jahongir Xo‘jayev bir necha kun avval Instagram’dagi sahifasiga avtosalondan video joylashtirgan, unda aktyor o‘z orzusidagi avtomobilni topganini aytgandi. 13-avgust kuni esa Jahongirning sahifasiga uning yangi mashinasini do‘stlariga ko‘rsatayotgani aks etgan video joylandi. Videoda “Sariq bola”ning qanday mashina xarid qilingani ko‘rsatilmagan, biroq u folloverlariga ushbu sirni tez orada oshkor qilishini aytgan edi.

14-avgust kuni soat 16:00 da Jahongir Xo‘jayev o‘z kuzatuvchilariga qanday rusumdagi avtomobilni xarid qilganini navbatdagi videoda ko‘rsatdi. Videoda Jahongirning ota-onasi va do‘stlari uning quvonchiga sherik bo‘lganini ko‘rish mumkin.

Mavzuga doir: Dunyodagi eng tezkor seriyali giperkar navbatdagi rekordni o‘rnatish uchun olib ketilayotganida avariyaga uchradi

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar