Daryo

Muzlatkichda oziq-ovqat mahsulotlarini qanday saqlash bo‘yicha tavsiyalar

Muzlatkichda oziq-ovqat uzoqroq saqlanadi, lekin bu mahsulotlar sifati buzilmaydi degani emas

2 daqiqa o‘qish44 596 ko‘rishlar0 izoh1
Foto: Getty Images

Sovitkich javonlaridan qanday foydalanish, shuningdek, nima uchun xom go‘shtni yuqori bo‘lmalarda saqlamaslik kerakligi haqida ma’lumot beramiz.

Foto: Getty Images

Sovitkich haroratni yaxshi ushlab turishga ishonch hosil qiling

Sovutkichning ishdan chiqishining bir qancha sabablari bor: yuqori bosim, vaqti-vaqti bilan elektr toki uzilishlari, qisqa tutashuvlar, orqa devorda to‘plangan chang tufayli yomon ventilyatsiya, eshigidagi rezinka sababli sifatsiz germetika. Harorat shkalasi to‘g‘ri holatda bo‘lsa ham, muzlatkichning ichki qismi siz o‘ylagandan ancha iliq bo‘lishi mumkin. Buni raqamli termometrni sovutkich ichiga qo‘yish orqali bilish mumkin

Oziq-ovqat mahsulotlari uchun konteynerdan foydalaning

Havo ko‘p mahsulotlarning asosiy dushmani, shuning uchun qadoqli mahsulotlarni ochgandan so‘ng, ularni havo o‘tkazmaydigan idishlarga solish kerak. Oziq-ovqat mahsulotlarini kichikroq idishlarga solish nafaqat havo ta’sirini kamaytiradi, balki ovqatni muzlatkich javonlarda tartibga solish va topishni osonlashtiradi.

Belgilab qo‘ying

Oziq-ovqatlarni konteynerlarga yoki paketlarga solishingiz bilanoq mahsulot nomi va sanani yozib qo‘ying. Idishdagi nima borligiga va u muddati o‘tmaganiga ishonch hosil qilish lozim.

Mahsulot erishining oldini olish

Oziq-ovqat mahsulotlarining zararlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun har doim xom go‘shtni (qanchalik yaxshi o‘ralgan bo‘lishidan qat’i nazar) chuqur idishda saqlagan ma’qul. Agar go‘sht erib, suvi oqayotganini sezsangiz, hamma javonlarni tozalash kerak bo‘ladi.

Foto: Getty Images

Baliqni muzlatilgan holda saqlang

Baliq tarkibidagi mikroorganizmlar saqlash muddatiga ta’sir qiladi. Sovitkich mikroorganizmlar faolligini pasaytiradi, lekin muzlatkichdagi noldan yuqori harorat baliq va dengiz mahsulotlarini saqlash uchun mos emas. Baliqni o‘sha kuni darhol pishirgan ma’qul, agar vaqtingiz bo‘lmasa, uni paketga o‘rab, (0 ° C) yoki undan past haroratda ushlab turish uchun ikkita muzli yopiq paket orasiga joylashtiring.

Oziq-ovqat mahsulotlarini muzlatkichda saqlash

Muzlatkichda oziq-ovqat uzoqroq saqlanadi, lekin bu mahsulotlar sifati buzilmaydi degani emas. Sovitkichda ham zararli bakteriyalar ko‘payadi, hamma gap muddatda. Shuni yodda tutingki: mahsulotni tavsiya etilgan issiqlik bilan ishlov berish qanchalik yuqori bo‘lsa, uni shuncha kam vaqt saqlash kerak. Hech qachon xom tovuqni muzlatkichning yuqori bo‘lmasiga qo‘ymang. U yerda nafaqat yuqori harorat, balki go‘sht suvi boshqa mahsulotlariga oqishi mumkin.

Sovitkich harorati modelga ko‘ra farqlanadi, pastki tokchada va orqa devordagi harorat yuqori qavatga qaraganda sovuqroq bo‘ladi. Oziq-ovqat mahsulotlarini iloji boricha uzoqroq saqlash uchun muzlatkichni pastki bo‘lmalarlarda + 1 ° C minimal haroratni ushlab turadigan qilib sozlash, shu bilan birga, muzlatkich kamerasining hech bir qismida harorat +5 ° C dan oshmasligi kerak. Mavzuga doir: 

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilganman. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktorantura (PhD)da o‘qiyman. “Daryo”da 2018-yildan beri musahhih va muxbir lavozimida ishlayman. Sevib o‘qiydigan kitoblarim juda ham ko‘p: Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni”, Harper Li “Mazaxchining o‘ldirilishi”, Gabriel Garsia Markes “Yolg‘izlikning yuz yili”, Chingiz Aytmatov “Kassandra tamg‘asi”, Mixail Bulgakov “Usta va Margarita”, O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”, Ulug‘bek Hamdam “Sabo va Samandar”... Sevimli filmlarim ham turli janrda: DiKaprio ishtirokidagi “Ibtido” va “La’natlanganlar oroli”, “Shoushenkdan qochish”, “Yo‘-yo‘l pijamali bolakay”, “Ameli”, “Qotillikni xotirlab”. Bundan tashqari, Hayao Miyazakining animelari jon-u dilim.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar