Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

So‘nggi 72 soat ichida Afg‘onistonning uchta viloyatida 27 nafar bola halok bo‘ldi, yana 136 nafari yaralandi. Bu haqda BMTning Bolalar fondi (YuNISEF) ma’lum qildi.

Foto: Anadolu agentligi

Foto: Anadolu agentligi

YuNISEF qayd etishicha, Afg‘onistonda bolalar huquqlari ham “Tolibon” harakati jangarilari, ham afg‘on hukumati tomonidan e’tiborsiz qoldirilmoqda.

Afg‘onistonning Qandahor, Xost va Paktiya viloyatlaridagi to‘qnashuvlar oqibatida 27 nafar bola qurbon bo‘lgan. Bundan tashqari, shu davrda sodir bo‘lgan zo‘ravonliklar tufayli 136 bola jabrlangan.

“Bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning shiddat bilan o‘sib borishi xavotir uyg‘otadi. Bolalar ustidan zo‘ravonlik jinoyat hisoblanadi, shu sababli yuzaga kelgan vaziyat jiddiy tashvishni keltirib chiqaradi”, — deyiladi fond xabarida.

Ziddiyatlar kuchaygan taqdirda, afg‘onistonlik bolalar kelajagi xavf ostida qolishi ta’kidlandi.

“Tolibon” harakati jangarilari va hukumat kuchlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar Afg‘onistonning ko‘plab viloyatlarida ikki haftadan buyon davom etmoqda. So‘nggi to‘rt kun ichida oltita ma’muriy markaz “Tolibon” nazorati ostiga o‘tdi.

Afg‘oniston hukumati esa jami 34 ta ma’muriy markazning 28 tasini hamon nazorat qilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda IIB xodimi xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida o‘ldirib ketildi
Madaniyat
Bir-biriga mutlaqo qarama-qarshi rollarni o‘ynab, tomoshabinlarni ishontira olgan aktyor va aktrisalar (foto)
Mahalliy
O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni yana oshdi: so‘nggi sutkada 141 kishida kasallik qayd etildi