Daryo

Hindistonda maktab o‘quvchisi karantin vaqtida kriptovalyuta uchun dastur yaratdi

Yigitcha hindistonlik o‘quvchilarning blokcheyn va kriptovalyuta borasidagi bilimlarini oshirish maqsadida onlayn-kontent yaratishga kirishgan

1 daqiqa o‘qish38 919 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Block-chain24

Hindistonda Gadjesh Naik ismli 13 yoshli maktab o‘quvchisi kriptovalyuta investorlari uchun bir nechta markazlashtirilmagan dasturlarni yaratdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: Block-chain24

“O‘tgan yildan buyon, pandemiya sabab bir nechta mashg‘ulotlar to‘xtatilgani sabab sertifikat beruvchi onlayn-kurslardan o‘tishga qaror qildim. Xususan, Buffalo universiteti, Nyu-York davlat universiteti kurslaridan”, — deydi o‘quvchi.

Shunday qilib u kriptovalyuta va blokcheynni o‘rganishni boshlagan, shundan keyin yigit hindistonlik o‘quvchilarning blokcheyn va kriptovalyuta borasidagi bilimlarini oshirish maqsadida onlayn-kontent yaratishga kirishgan.

Gadjesh Naik yaratgan asosiy mobil dasturlar — PolyGaj va StableGaj bo‘lib, ular Polygon network tarmog‘ida ishlab chiqilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning may oyida qozog‘istonlik maynerlar soliqlar sabab O‘zbekistonga ko‘chib o‘tishi mumkinligi to‘g‘risida xabar berilgandi. Bunga Qozog‘istonda joylashgan mayning fermalari va data-markazlari qo‘shimcha soliqqa tortilayotgani sabab bo‘lgan.

Mavzuga doir: “Blokcheyn yordamida oila qurdik”: AQShda juftlik to‘yda nikoh uzuklari o‘rniga NFT-tokenlar bilan o‘zaro almashdi

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar