Daryo

Yoz ne’mati: yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olishda olchaning foydali xususiyatlari

Olcha tarkibida yurak va qon tomirlari ishiga foydali ta’sir ko‘rsatadigan qimmatli komponentlar to‘plami mavjud

3 daqiqa o‘qish62 588 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images

Shirin-nordon ta’mga ega ushbu meva tarkibida ko‘plab vitaminlar, minerallar va kuchli antioksidantlar mavjud. Bu sog‘liqni mustahkamlashda, shu jumladan, yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olishda juda foydali.

Foto: Getty Images

Olcha vitamin, mikroelement va biologik faol moddalarga boy.

Bu kabi foydali moddalar mevasida, bandida, barglarida va hatto po‘stida ham uchraydi. Agar hovlingizda olcha daraxti bo‘lsa, dorivor mahsulotlarning butun assortimentiga ega ekansiz.

Mavzuga doir: Olcha va tvorog qo‘shib shokoladli pirog tayyorlab ko‘ring

Oksidlanish stressining yurak va qon tomirlariga ta’siri Organizm har soniyada oksidlovchi stressga qarshi kurashadi. Tanaga viruslar va bakteriyalar bilan kurashish, fermentlarni faollashtirish va gormonlarni sintez qilish uchun yuqori energiyali kislorod molekulalarining ma’lum miqdori zarur. Muammo shundaki, erkin radikallar metabolizm va kimyoviy reaksiyalar natijasida tananing ichida paydo bo‘lishi mumkin va tashqi tomondan esa: ultrabinafsha nurlanish, atmosfera ifloslanishi, suv, radiatsiya, toksik moddalar bilan aloqa va hokazo.

Mavzuga doir: Uyqu yaxshilanadi, vazn ortmaydi: Kechasi qorin ochganda iste’mol qilsa bo‘ladigan mahsulotlar

Agar erkin radikallar juda ko‘p bo‘lsa va antioksidant tizim bunga dosh berolmasa, u holda hujayra tuzilmalari oksidlanadi, DNK molekulalari shikastlanadi va bu hujayralar normal ishlay olmasligiga olib keladi. Erkin radikallarning oksidlanishi tomir endoteliotsitlariga zarar yetkazib, ateroskleroz kabi yurak-qon tomir kasalliklarining rivojlanishi boshlanadi. Oksidlanish stressi va yallig‘lanish natijasida hosil bo‘lgan reaktiv kislorod turlari yoshga bog‘liq endotelial disfunksiya bilan bog‘liq, qon tomir yallig‘lanishga qarshi holatda bo‘lsa, tomirlar torayib, tomir devorlari shikastlanadi, ateroskleroz va uning asoratlari rivojlanishiga sabab bo‘ladi.

Mavzuga doir: Suyaklar uchun foydali bo‘lgan 5 ta tabiiy mahsulot

Olcha erkin radikallarga, yallig‘lanish va og‘riqlarga qarshi vosita Amerikalik olimlarning tadqiqotlarida ma’lum bo‘lishicha, 12 hafta davomida olcha sharbatini shakarsiz qabul qilish natijasida keksa odamlarda (65-80 yosh) oksidlovchi stress biomarkerlari soni kamayganini ko‘rsatgan. Ammo katta yoshdagi odamlar oksidlovchi stressga ko‘proq moyil bo‘ladi, chunki yosh bilan antioksidant tizim ortiqcha erkin radikallarni ushlashni va zararsizlantirishni to‘xtatadi. Xuddi shu tadqiqotda olcha sharbatini shakarsiz qabul qilish umumiy yallig‘lanishning asosiy belgilaridan biri bo‘lgan C reaktiv oqsil darajasini pasaytirishi aniqlangan. Aytish kerakki, olchaning yallig‘lanishga qarshi ta’siri uzoq vaqtdan beri ma’lum. Bu meva tarkibida maxsus moddalar — antosiyaninlar bor, ular yallig‘lanishni kamaytiradi va og‘riq qoldiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun olcha va olcha sharbati podagra, artrit, revmatik bo‘g‘imlarga chalinganlarga tavsiya etiladi.

Mavzuga doir: Bosh og‘rig‘ini dorisiz ham qoldirish xususiyatiga ega bo‘lgan mahsulotlar

Olchaning kardiohimoya xususiyatlari Olcha tarkibida yurak va qon tomirlari ishiga foydali ta’sir ko‘rsatadigan qimmatli komponentlar to‘plami mavjud.
  • 0,6 dan 3,3 gacha mg kumarinlar — qonni zichlashtiradigan va tromblar shakllanishini kechiktiradigan moddalar mavjud. Kumarinlar olcha mevalarida ham, barglarida ham uchraydi. Shuning uchun olcha barglari qo‘shilgan choy ateroskleroz, arterial gipertenziya, varikoz tomirlari, gemorroy va boshqalar kabi kasalliklari (yoki ularga moyilligi) bo‘lgan har bir kishi uchun foydalidir.
  • kversitin va izokversitin va boshqa flavonoidlar olchaga to‘q qizil rang beradi. Bu moddalar, shuningdek, erta qarishdan, yurak, miya, qon tomirlari kasalliklarining rivojlanishidan himoya qiluvchi, yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega va qon bosimini normallashtirishga yordam beradigan kuchli antioksidantlardir.
  • 300 mg kaliy, yurakning ishlashi uchun zarur, qon bosimini normal ushlab turadi.

Mavzuga doir: Yozda ayollar ko‘proq iste’mol qilishi kerak bo‘lgan 8 mahsulot

Kuniga qancha olcha yeyish mumkin va kimlarga tavsiya qilinmaydi?
  • Bir vaqtning o‘zida 100 grammdan ortiq olcha iste’mol qilmaslik yoki 100 grammdan ortiq olcha sharbatini ichmaslik lozim. Yodingizda bo‘lsin, shakarsiz olcha sharbati shifobaxsh xususiyatlarga ega.
  • Agar oshqozon-ichak trakti kasalliklari: gastrit, oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi bo‘lsa, olcha va uning sharbatini ichish taqiqlanadi.
  • Bu mevaga allergik reaksiyalar bo‘lsa.
  • Ko‘p miqdorda yeyilgan olcha diareyaga olib kelishi mumkinligini ham unutmaslik kerak.
  • Olcha mevali kislotalarning katta miqdorini o‘z ichiga oladi, shuning uchun ushbu mevani iste’mol qilgandan yoki sharbat ichganingizdan so‘ng og‘izni chayish kerak. Tish emaliga zarar yetkazmaslik uchun yarim soatdan keyin tishlarni yuvish lozim.

Mavzuga doir: Tishlar salomatligiga zarar yetkazadigan iste’mol mahsulotlari

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilganman. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktorantura (PhD)da o‘qiyman. “Daryo”da 2018-yildan beri musahhih va muxbir lavozimida ishlayman. Sevib o‘qiydigan kitoblarim juda ham ko‘p: Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni”, Harper Li “Mazaxchining o‘ldirilishi”, Gabriel Garsia Markes “Yolg‘izlikning yuz yili”, Chingiz Aytmatov “Kassandra tamg‘asi”, Mixail Bulgakov “Usta va Margarita”, O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”, Ulug‘bek Hamdam “Sabo va Samandar”... Sevimli filmlarim ham turli janrda: DiKaprio ishtirokidagi “Ibtido” va “La’natlanganlar oroli”, “Shoushenkdan qochish”, “Yo‘-yo‘l pijamali bolakay”, “Ameli”, “Qotillikni xotirlab”. Bundan tashqari, Hayao Miyazakining animelari jon-u dilim.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar