Daryo

Tokio—2020. Davlat Bobonov italiyalik dzyudochini mag‘lub etib, 1/8 finalga chiqdi. Gulnoza Matniyozova Olimpiadadagi ishtirokini yakunladi

Olimpiadaning 5-kungi bahslarida ikki nafar o‘zbekistonlik dzyudochi tatamiga chiqdi

1 daqiqa o‘qish25 662 ko‘rishlar0 izoh0

Tokio—2020 Olimpiadasining 5-kungi bahslari 28-iyul kungi bo‘lib o‘tmoqda. Kunning dastlabki qismida ikki nafar o‘zbekistonlik dzyudochi o‘z ishtirokini boshladi.

Foto: Getty Images

-70 kg vazn toifasida harakat qilayotgan Gulnoza Matniyozova 1/16 finalda chadlik Demos Memnuloumni taslim etib, keyingi bosqichga chiqdi. 1/8 finalda Matniyozova niderlandiyalik Sanne Daykka qarshi jang qildi va raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Foto: Getty Images

-90 kg vaznda harakat qiladigan Davlat Bobonov ham 1/16 finalda g‘alabaga erishdi. Dzyudo terma jamoasi yetakchisi italiyalik Nikolas Mungayga qarshi bahsda vazari bahosi bilan zafar quchdi. Bobonov 1/8 finalda ukrainalik Nyabali Kejauga qarshi jang qiladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.