“Daryo”ni Telegram’da o‘qing! Join!
21:57, 25.07.2021 16285

Chizg‘ich, “shpatel” va oshxonada ishlatsa bo‘ladigan boshqa buyumlar

Siz xayolingizga ham keltirmagan buyumlar oshxonada ham asqatishi mumkin.

Foto: “Domashniy ochag”

Bo‘yoqchilikda ishlatiladigan lenta

Bo‘yoqchilikda ishlatiladigan lentaning bir parchasidan uyda yopilgan bankalarni belgilab qo‘yish uchun foydalansa bo‘ladi. Yuvilganda ham o‘chib ketmasdan, uzoq vaqt xizmat qiladi.

Tish tozalashda foydalaniladigan ip

Tekis tutiladigan bo‘lsa, bunday ip bilan nafaqat biskvit, balki qattiq pishloqni ham kessa bo‘ladi. Faqat ipni hidsizidan foydalaning, yalpiz ta’mi yoki hidi mahsulot mazasining o‘zgarishiga ta’sir qilishi mumkin.

Cho‘tka

Shirinlik yoki tort pishirayotgan vaqtingiz uydan qandolatchilik maqsadida ishlatiladigan silikonli cho‘tka topa olmasangiz, uning o‘rniga bo‘yoqchilikda ishlatiladigan, ammo yangi bo‘lgan cho‘tkadan foydalanishingiz mumkin. Bunday cho‘tkadan, shuningdek, quymoq pishirish uchun tovaga sariyog‘ surtishda ham foydalansa bo‘ladi.

Chizg‘ich

Oddiy chizg‘ichdan bulochka, pechenye va boshqa qandolat mahsulotlarini o‘lchashda foydalanish mumkin. Qolaversa, chizg‘ichning o‘tkir tomoni bilan xamirni tez va oson bo‘laklarga bo‘lishingiz mumkin.

O‘quv qurollari uchun kanselyariya

Oshxonadagi shkaf polkasiga metall setkadan ishlangan organayzerlarni qo‘yib, unda keks qoliplari, qandolat qog‘ozi va boshqa mayda oshxona jihozlarini saqlashingiz mumkin.

“Shpatel”

“Shpatel” yordamida pishiriqni tovadan olish, ikkinchi tarafini o‘girish mumkin. Qolaversa, idishlar yuzasidagi kirlarni qirib tozalasa ham bo‘ladi.

Suzishda foydalaniladigan ko‘zoynak

Piyozni po‘stlog‘idan, qalampirni urug‘idan tozalaganda ko‘zlaringiz yoshlanmasligi uchun suzishda foydalaniladigan ko‘zoynak taqish tavsiya qilinadi.

Bolg‘acha

Anorni ikki bo‘lakka bo‘ling va bolg‘acha yordamida orqasidan sekin-asta uring, donachalari oson ajraladi.

Piska

Piska yordamida bankadagi yorliqni olib tashlash, baliqni tangachalaridan tozalash yoki sarimsoqni yupqa qilib kesish mumkin.